Matbuot sharhlari 31.03.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1611791
Matbuot sharhlari 31.03.2021

Yeni Şafak gazetasi: Erdogan: Mahalliy vaksinamizni barcha bilan bolishamiz. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, aholisining deyarli hammasiga yaqini emlangan davlatlar bor ekan millionlab insonning birinchi dozasiga ham erisholmaganining qayg‘uli vaziyat ekanini qayd etdi. Erdo‘g‘an, “Mahalliy vaksina faoliyatlarimiz tamomlanganida uni eng maqul shartlarda barchaning foydalanishiga taqdim etish niyatidamiz”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Star gazetasi: Turkiya ochiq gapirdi. Prezident Erdo‘g‘an yetakchiligida yig‘ilish o‘tkazgan Milliy Xavfsizlik kengashi bayonot chop etdi. Unda Suriyadagi tomonlar, insoniy inqirozning avj olishiga yo‘l ochgan harakatlarni bas qilishga chaqirildi. Turkiyaga qarshi siyosatlarini orttirgan Gretsiya, xalqaro huquqqa amal qilishga taklif qilindi. Liviya xalqiga berilgan yordamning davom etishi bildirildi. Kipr va Sharqiy O‘rta yer dengizi uchun haqiqat talab qilindi.

Sabah gazetasi: Turkiyaga bu gal Josep Borrel maqtov yogdirdi. Turkiyaning strategik ahamiyatini ta’kidlagan Germaniya kansleri Angela Merkel bosh bo‘lish bilan birga yevropalik siyosatchilar karvoniga Josep Borrel ham qo‘shildi. Yevropa ittifoqi Tashqi aloqalar va xavfsizlik siyosati oliy vakili Borrel, Yevropa ittifoqining Turkiya bilan hamkorligini rivojlantirishi kerakligini bildirdi. Turkiya bilan Bojxona ittifoqidan migratsiya masalasigacha mushtarak manfaat sohalarini ta’kidlagan Borrel, “Turkiya bilan faol ravishda ish olib borishimiz lozim”. - deya gapirdi.

Vatan gazetasi: Turkiya qishloq xojaligi daromadida Yevropada birinchi, dunyoda esa birinchi onlikda. Mamlakatda umumiy ekin yetishtirish 9 millionlik ortish bilan 126 million tonnaga yetdi. Bu orqali respublika tarixining (1923 - yildan beri) rekordi o‘rnatildi. Mamlakatning qoramoli 2020 - yili 18.2 million deb qayd etilar ekan, respublika tarixining eng yuqori saviyasiga chiqdi. Mayda chorva mollari soni esa oxirgi bir yilda 12 foizga ortgan holda, 54.1 million boshga ko‘tarildi va bu orqali oxirgi 30 yilning eng yuqori ko‘rsatkichi qayd etildi.    

Haber Türk gazetasi: Kosmosdan tasvirga olingan Van kolining fotosurati yarim finalda. Amerikaning NASA aerokosmik agentligi tomonidan tasvirga olingan online fotosurat musobaqasida, Van ko‘lining kosmosdan tasvirga olingan fotosurati, 28 fotosuratni ortda qoldirdi. Ko‘k rangining turli tuslarini o‘z ichiga olgan Van ko‘lining kosmosdan olingan fotosurati yarim finalda.

 

 



Aloqador xabarlar