Matbuot shahrhlari 24.12.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1551246
Matbuot shahrhlari 24.12.2020

Haber Türk gazetasi: Erdogandan AQSh va Yevropa ittifoqiga murojaat. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) va Yevropa ittifoqi (YI) bilan 2021 - yili yangi sahifa ochilishini qayd etdi. Yevropa ittifoqining Turkiyani o‘zidan iroqlashtirgan strategik ko‘rlikdan uzoqlashishini kutgani, AQShning yangi prezidenti Jo Baydenning ham Turk - AQSh munosabatlariga kerakli ahamiyatni berishiga ishonch hosil qilganini ifoda etgan Erdo‘g‘an, “Kelasi davrda tashqi siyosatda ham Turkiyaning porlagan davri bo‘ladi”. - dedi.  

Star gazetasi: Oruch Reis, Sharqiy Orta yer dengizi suvlarida. Seysmik tadqiqot kemasi Oruch Reis, Sharqiy O‘rta yer dengizidagi faoliyatlarini davom ettirish maqsadida Antaliya portidan yo‘l oldi. Demre sohasidagi ikki o‘lchovli seysmik tadqiqotlarini tamomlab, 30 - noyabr kuni Antaliya portiga qaytgan kemaga texnik xizmat ko‘rsatish va yoqilg‘i quyish ishlari amalga oshirildi. Sharqiy O‘rta yer dengizida faoliyat olib boradigan soha uchun 2021 - yilning 15 - iyuni kunigacha davom etadigan yangi Navtex (dengizchilarga e’lon) e’loni ortidan Oruch Reis, Antaliya portidan yo‘lga chiqdi.

Yeni Şafak gazetasi: Turkiyaning eng yirik urush kemasi, dengizga tushirilish arafasida. Turkiyaning eng yirik urush kemasi TCG Anado‘lu, kelasi yili dengizga tushiriladi. Uzunligi 232, kengligi esa 32 metrni tashkil etadigan TCG Anado‘lu urush uchog‘i, vertolyot va uchuvchisiz havo vositasi kabi 30 dona havo vositasini ham tashish kuchiga ega. Kattakon kema vaqti kelganida mingga yaqin kishiga tibbiy hizmat berishi mumkin va insonparvarlik yordami amaliyotlarida kasalxona kemasi sifatida ham xizmat bera oladi.

Sabah gazetasi: Mahalliy lityum batareyalar kelyapdi. Dunyo miqyosida elektron mashinalar jadal ravishda keng yoyilar ekan bu mashinalarning batareyalarida foydalaniladigan lityum elementiga bo‘lgan talab ham ortdi. Planshet, telefonlar va mobil jihozlar uchun batareya ishlab chiqarishda ishlatilgan lityum, mahalliy avtomobilning batareyasida ham foydalaniladi. Lityum va uning tarkibiy qismlari ishlab chiqariladigan ta’sis, haftaning shanba kuni Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an ishtirokidagi marosim bilan mamlakatning Eskishahar viloyatida ochiladi.    

Vatan gazetasi: Yevropa ittifoqi Turkiyaga, muhojirlar uchun 485 million yevro yordam puli ajratmoqchi. Yevropa ittifoqi (YI) komissiyasining 2021 - yili Turkiyadagi muhojirlarni qo‘llab - quvvatlash uchun olib borilgan loyihalarga 485 million yevro mablag‘ ajratishi ma’lum qilindi. YI Komissiyasi tomonidan berilgan bayonotda, ushbu mablag‘ orqali 1.8 million muhojirning ehtiyojining qondirilishi va 700 mingdan ortiq bolaning ham ta’lim olishiga hissa qo‘shishi bildirildi.

 

 

 



Aloqador xabarlar