Matbuot sharhlari 22.12.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1549825
Matbuot sharhlari 22.12.2020

Hürriyet gazetasi: Suleyman Soylu: “Gayriinsoniy muomalasi qotillikka aylanmoqda”. Ijtimoiy tarmoq Twitterda qoldirgan postida Ichi Ishlar vaziri Suleyman So‘ylu, Gretsiyaning muhojirlarga nisbatan ko‘rsatgan ishkanja va g‘ayriinsoniy muomalalariga qattiq e’tiroz bildirdi. Yevropa ittifoqi Ichki Ishlar bo‘yicha komissari Ilva Yoxansson xeshtegi bilan bir videolavha bo‘lishgan Suleyman So‘ylu, “Gretsiya, Frontex ko‘rmaslikka olgan bu jinoyatlarga javob bermaydimi?” - dedi.   

Yeni Şafak gazetasi: THY, qatnovlar toxtatilgan tort mamlakat haqida bayonot berdi. Yangi turdagi koronavirusning mutatsiyaga uchrashi ortidan Britaniya, Daniya, Niderlandiya va Janubiy Afrikaga bo‘lgan qatnovlar vaqtinchalik to‘xtatildi. Turk Havo yo‘llari (THY) Bosh direktori Bilal Ekshi, Twitter orqali qoldirgan postida qatnovlar to‘xtatilgan to‘rt davlat yo‘lovchilarining chipta xarid qilib olish bo‘yicha shoshilmasligi kerakligini iltimos qilib, hech qaysi yo‘lovchining ziyon ko‘rmasligini bildirdi.  

Sabah gazetasi: Egeydan yolga qoyilgan yangi meva va sabzavotlar eksporti 1 milliard dollardan oshib, rekord ornatdi. Egeydagi yangi meva va sabzavotlar eksportchilari uyushmasi rahbari Hayrettin Uchak, 1 - yanvardan beri yo‘lga qo‘yilgan eksport bilan birga 54 yillik eksport faoliyatlari tarixida daromadning birinchi marotaba 1 milliard AQSh dollariga yetganini ifoda etdi.  

Star gazetasi: ASELSAN yangi tizim ishlab chiqarmoqda. Harbiy elektronik sanoati (ASELSAN), yangi turdagi koronavirusni aniqlashda ham foydalanish imkoni bergan yangi virusni aniqlash tizimi ishlab chiqarilmoqda. ASELSAN muhandisi Didem Lale O‘zkan, “Faqatgina SARS Cov2 ga emas, kasalxonalar mol - mulkiga ham aylantirish imkoni bergan jihoz ishlab chiqardik”. - dedi.

Haber Türk gazetasi: Hande Erchel “dunyoning eng chiroyli ayoli” deb tanlandi. Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) ning Top Beauty World sayti, 2020 - yilning eng chiroyli yuziga ega 100 kishini e’lon qildi. Unda taniqli aktrisa Hande Erchel, “dunyoning eng chiroyli ayoli” deb tanlandi. Ro‘yhatda Hande Echeldan tashqari yana 5 nafar turk ayoli o‘rin oldi. Neslihan Atagul 89, Elchin Sangu 83, Demet O‘zdemir 75, Faxriye Evjen 45, Tuba Buyukustun 29 - qatorga kiritildi.



Aloqador xabarlar