Matbuot sharhlari 24.09.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1496746
Matbuot sharhlari 24.09.2020

Hürriyet gazetasi: Prezident Erdogan Ursula von der Leyen bilan uchrashdi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Yevropa ittifoqi Komissiyasi raisi Ursula von der Leyen bilan videomuloqat orqali uchrashdi. Prezidentlik apparati Aloqalar bo‘limi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra unda Turkiya – YI munosabatlari va mintaqaviy masalalar qo‘lga olingan.

Haber Türk gazetasi: Fatih Donmez: “Qora dengiz gazi import qilganimizdan ham tejamkor boladi.” Energiya va tabiiy manbaalar vaziri Fatih Do‘nmez, Qora dengizdagi topilgan tabiiy gaz haqida, “Hisob – kitobimizga ko‘ra, bugungi shartlarda biz import qilgan gazga qaraganda yana da tejamkor bo‘ladi.” dedi.

Yeni Şafak gazetasi: Iqtisodiyotimiz osishda. Iste’molchilarning ishonch indeksi sentabr oyida 3.2 foizga o‘sib 82 foizni tashkil etdi. G‘aznachilik va moliya vaziri Berat Albayrak bu haqida, “Iqtisodiyotimiz uchinchi chorak uchun kuchli o‘sish ko‘rsatkichida ekanligidan xabar bermoqda. Avgust oyiga qaraganda ishonch indeksi 3.2 foizga o‘sib 82.0 ni tashkil etdi. Ma’lumotlar yaxshi. Unga ko‘ra yilni maqul saviyada tamomlaymiz degan umiddaman.” dedi.  

Sabah gazetasi: Turkiyada ishlab chiqarilgan avtobus, mikroavtobus va midibuslar dunyoning 87 davlatiga eksport qilinmoqda. Turkiyadan joriy yilning yanvar oyidan avgust oyigacha dunyoning 87 davlatiga 916 million 533 ming dollarlik avtobus, mikroavtobus va midibus eksport qilindi. Ma’lumotga ko‘ra ko‘proq Yevropa davlatlarini o‘z ichiga olgan bu boradagi tashqi savdoda 8 oyda Chexiya, Rossiya va Meksikaga bo‘lgan eksportlarda katta o‘sish kuzatildi. 

Vatan gazetasi: Miloddan oldingi davrga oid, roppa – rosa 4 ming yillik. Denizli viloyatining Chivril tumanidagi Beysultan tepaligida davom etgan qazish ishlarida, 4 ming yillik to‘qimachilik ustaxonasi topildi. Faoliyatlar haqida ma’lumot bergan professor doktor Eshref Abay, “4 ming yil oldin ham Denizli mintaqasida to‘qimachilik borligidan boxabar bo‘ldik. Bu ham bizga tarixdagi to‘qimachilik ishlab chiqarish faoliyatining aslida katta an’ana ekanligini ko‘rsatmoqda.” deya gapirdi. 



Aloqador xabarlar