Matbuot sharhlari 23.07.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1460628
Matbuot sharhlari 23.07.2020

Sabah gazetasi: Milliy Xavfsizlik kengashi deklaratsiyasida Liviya va Ozarbayjon masalasi ta’kidlandi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an yetakchiligida yig‘ilgan Milliy Xavfsizlik kengashi ortidan yozma ravishda bayonot berildi. Unda Liviya masalasida dunyoga aniq ma’lumot berildi. Bayonotda, “Liviyada kerakli qadamlarni tashlashda hech ikkilanmaymiz.” deyildi. Shuningdek, Armanistonning hujumkorona munosabatini to‘xtatishi va bosib olingan Ozarbayjon tuproqlarini tark etishi kerakligi ta’kidlandi. 

Hürriyet gazetasi: Erdoganning e’tiborlarni oziga tortgan Ayasofiya posti. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an ijtimoiy tarmoqdagi hisobidan Ayasofiya haqida post qoldirdi. Undagi videoklip bir necha tilda yangradi. Erdo‘g‘an ushbu videoklipni, qo‘shiqning so‘zlari ham bo‘lgan va “Ayasofiya, gumbazingda erkinlikning shamoli essin. Sen azaldan biznikisan, biz esa sening” degan ma’nodagi satrlarga o‘rin berdi.  

Star gazetasi: Turk armiyasi yordamida najotga erishdik. Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Respublika Majlisi rahbari o‘rinbosari Zorlu To‘re, 1571 - yildan beri Kiprda bo‘lgan kiprlik turklarning, turk armiyasi yordamida najotga erishganini belgilab o‘tdi. To‘re, bu haqida shuningdek, “Turk armiyasi kelmaganida Kipr oroli ellinizmga taslim bo‘lardi. Kipr, Kritdek bo‘lardi. Kiprlik turklarning hammasi yo qatl qilinar yoki oroldan ko‘chishga majbur bo‘lardi” dedi.

Yeni Şafak gazetasi: “Turkiyadagi iqtisodiy qayta jonlanish davom etadi. Sanoat va texnologiyalar vaziri Mustafa Varank, pandemiyaga qaramay Turkiyada ishlab chiqarish faoliyatlarining to‘xtamagani, iqtisodiy ko‘rsatkichlarda kuchli qayta jonlanish borligini qayd etdi. Butun dunyoni chuqur ta’siri ostiga olgan bir davrda Turkiyaning boshqa davlatlardan ijobiy tusda farq qilganini ifoda etgan Varank, Turkiyadagi iqtisodiy qayta jonlanishning yilning bundan keyingi davrida ham davom etishini ta’kidladi.

Haber Türk gazetasi: Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki eng kop Turkiyaga investitsiya kiritdi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, yilning ilk yarmida jami 5.1 milliard yevrolik investitsiya kiritganini ma’lum qildi. Uning eng yirik poyini 1 milliard yevro bilan Turkiya oldi. Turkiya 2020 – yilning ilk yarmida YeTTB investitsiyalarining beshdan bir bo‘lagini oldi. Nomi tilga olingan bankning 7 milliard yevrolik Turkiya portfoliosi, bank tomonidan investitsiya kiritilgan 38 iqtisodiyot orasida eng yirigi.



Aloqador xabarlar