​​​​​​​Matbuot sharhlari 07.07.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1450620
​​​​​​​Matbuot sharhlari 07.07.2020

Sabah gazetasi: Mevlut Chavusho‘g‘lu YIni qattiq ogohlantirdi. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Yevropa ittifoqi Oliy vakili Josep Borrel bilan uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida YIni qattiq ogohlantirdi. Chavusho‘g‘lu unda, “YI (Turkiyaga qarshi) qo‘shimcha qarorlar qabul qilgudek bo‘lsa unda bunga javob berishga majbur bo‘lib qolamiz. Lekin bu muammoni hal qilishga hissa qo‘shmaydi” dedi.

Vatan gazetasi: “Turkiya falokatning oldini oldi. Parijning Anqarani ayblashining sababi…” Britaniyada chop etilgan Finansal Times gazetasi: Liviyaning sharqidagi noqonuniy qurolli kuchlar lideri Halifa Hafterning bundan buyon Fransiya uchun yukka aylangani, Parijning Anqarani ayblashining eng asosiy sababining ham Hafter orqali qilgan xatosini yopti – yopti qilish tashabbusi ekanligini qayd etdi.

Hürriyet gazetasi: Germaniya Turkiya haqida bayonot berdi va unda Turkiya uchun qoyilgan cheklovlarning qisqa vaqt ichida bekor qilinishi qayd etildi. Germaniyaning Turizm tarmog‘idan mas’ul vakili Thomas Bareia, koronavirus (Covid - 19) pandemiyasi yuzasidan Turkiyaga sayohat qilishni cheklagan qoidalarning eng qisqa vaqt ichida bekor qilinishini ma’lum qildi. Bareia bu haqida, “Vaziyat yaxshilangudek bo‘lsa, o‘tgan hafta yaxshi edi degan fikrdaman, iloji boricha tezroq tayyorgarlik ko‘rshimiz mumkin” dedi.     

Star gazetasi: Turk mebel sanoati muvaffaqiyatga erishdi. Turkiya Mebel sanoatchilari jamiyati rahbari Mustafa Balji, mebel eksportida yangi bozorlarining Amerika davlatlari bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari davlatlari ekanligini bildirdi. Ayniqsa, dizayn va sifat jihatidan Turkiyaning katta potensialga ega ekanligini eslatib o‘tgan Balji, “Bu borada o‘tgan yili AQShga qariyb 200 million dollarlik eksport yo‘lga qo‘ygandik. Bu yil raqamni 1 milliard AQSh dollariga yetkazish niyatidamiz” dedi.

Yeni Şafak gazetasi: Fazodan suratga olingan Anqara bir milliondan ortiq kishining e’tiborini oziga tortdi. Xalqaro Fazo agentligi stansiyasidan Anqarani suratga olgan AQShning fazo agentligi NASA, uni ijtimoiy tarmoqdan bo‘lishdi. NASAning Instagram hisobi orqali bo‘lishilgan mazkur post, poytaxtning kechasi fazodan suratga olingan ko‘rinishi bilan “Anqara Turkiyaning qalbi, qorong‘u kecha va fazodagi yorug‘lik” degan so‘zlar yozib qoldirildi. Fotosurat, bir milliondan ortiq kishi tomonidan yoqtirildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar