Matbuot sharhlari 02.04.2019

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1175705
Matbuot sharhlari 02.04.2019

Hurriyet gazetasi: Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’li Venesuela haqida bayonot berdi. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Turkiyaning Venesuelani qo’llab-quvvatlashni davom etishini qayd etdi. Mevlut Chavusho’g’li, amaliy tashrif bilan poytaxt Anqaraga tashrif buyurgan venesuelalik kasbdoshi Jorge Arreaza bilan matbuot anjumani uyushtirdi. Mazkur anjumanda Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’li, “Venesuelani qo’llab-quvvatlashni davom etamiz. Venesueladagi har qanday salbiy jarayon butun Lotin Amerikaga va hatto G’arbiy hind orollariga ta’sir qilishi mumkin" dedi.   

 Sabah gazetasi: Iroqning shimoliga qarshi havo hujumi uyushtiridi. Milliy Mudofaa vazirligi kecha Iroqning shimoliga qarshi uyushtitilgan havo hujumi oqibatida PKK terror tashkilotiga a’zo terroristlar tomonidan foydalanilgan nuqtalarning yo’q qilinganligini ma’lum qildi. Vazirlik tomonidan shu haqida Twitterda qoldirilgan postda, “Iroqning shimolidagi Avashin-Basyan va Hakurk mintaqalariga qarshi uyushtirilgan havo hujumi oqibatida terror tashkiloti tomonidan foydalanilgan qurol-yaroq omborxonalari va boshpanalar foydalanishdan chiqarildi” degan ifodalarga o’rin berildi.  

Haber Turk gazetasi: Atak, Braziliyani lol qoldirdi. “Atak” vertolyoti Braziliyada o’tkazilgan roadshow doirasida 11 nafar uchuvchi tomonidan 18 soat uchib qoyilmaqom shou namoyish etdi. Atak, mazkur shou orqali uchuvchi va tomoshabinlar tomonidan olqishlandi.  

Yeni Shafak gazetasi: Turk mudofaa sanoati LAAD yarmarkasiga tayyor. Turkiya 2-apreldan boshlab 5-aprelgacha Braziliyada uyushtiriladigan navbatdagi LAAD Mudofaa va xavfsizlik yarmarkasiga Prezidentlik apparati Mudofaa sanoati yetakchiligida 17 ta firma bilan ishtirok etadi. Yarmarka chog’ida Turk Mudofaa sanoati firmalari tomonidan ishlab chiqarilgan zirhli vositalar platformasi, haydovchisiz turli quriqlik vositalari bilan uchuvchisiz havo transportlari, dengiz tizimlari, qurol-yaroq tizimlari, elektronik tizimlar, o’q-dorilar, simulyatorlar, harbiy tekstil mahsulotlari, logistik yordam mahsulotlari tanitiladi.

Star gazetasi: THYning London-Antalya o’rtasidagi to’g’ridan-to’g’ri qatnovi yo’lga qo’yildi. Turk havo yo’llarining London-Antalya o’rtasidagi to’g’ridan-to’g’ri qatnovi yo’lga qo’yildi. Buning birinchi safari 31-mart kuni amalga oshirilar ekan undagi lotereya o’yinida ikki nafar yo’lovchiga London-Antalya o’rtasida borish va kelish chiptalari sovg’a qilindi.

 



Aloqador xabarlar