Matbuot sharhlari 26.2.2019

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1152934
Matbuot sharhlari 26.2.2019

Sabah gazetasi: va nihoyat Mustafa Varank xush xabarni berdi. Turkiya Respublikasi Sanoat va Texnologiya vaziri Mustafa Varank Turkiyaning Antarktikada vaqtinchalik ilmiy baza qurganliklarni ma’lum qildi. Antarktikadagi turk olimlaridan tashkil topgan guruh nomidan fotosuratlar kelganligini belgilab o’tgan Varank, “Antarktikada vaqtinchalik ilmiy baza qurdik. Bayrog’imizni u yerlarda ham xilpiratishdan biz faxrlanamiz. Olimlarimizga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Yurtimiz uchun xayrli bo’lsin” dedi.   

Star gazetasi: 2018-yili Turkiyaga to’g’ridan-to’g’ri 13 milliard 163 million dollarlik investitsiya kiritildi. Prezidentlik apparatining investitsiya idorasi rahbari Arda Ermut o’tgan yilgi Turkiyaning xalqaro miqyosdagi to’g’ridan-to’g’ri yo’lga qo’yilgan investitsiya miqdorining 13 milliard 163 million dollarga yetganligini qayd etdi. Ermut, bu ortishning Turkiya iqtisodiyotiga bo’lgan ishonchning natijasi ekanligini ta’kidladi. Arda Ermut shuningdek, o’tgan yili Turkiyaga eng ko’p investitsiya kiritgan mamlakatning Gollandiya, uni esa Ozarbayjonning kuzatganligini o’z so’ziga ilova etdi.

Vatan gazetasi: Turizm tarmog’i uchun ham “Sharq ekspresi” yo’lga qo’yiladi. Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy Sharq ekspresidan oxirgi vaqtlarda turizm tarmog’ida foydalana boshlaganliklarini belgilab o’tgan holda, bundan buyon yana bitta yangi poyezdni yo’lga qo’ymoqchi ekanliklarini ma’lum qildi. Ersoy, “Sharq ekspresi birdaniga turistik poyezdga aylandi. Shunday ekan biz yana bitta poyezdni ishga tushirishga qaror qildik. Sayohat qilish maqsadida yo’lga chiqqanlar ham ana shu poyezd orqali sayohat qilishlari mumkin. Ham Sharq ekspresi vazifasini, ham da maqsadga muvofiq turizm poyezdi bo’lsin” dedi.

Haber Turk gazetasi: Go’beklitepa yili munosabati bilan sayyohlarning hududga bo’lgan qiziqishi ortdi. Turizm tarmog’ida 2019-yilning “Go’beklitepa yili” deb e’lon qilinishi bilan Shanliurfaga bo’lgan sayyohlar qiziqishi avvalgiga qaraganda yana da ortdi. Shu yilning yanvar va fevral oylarida hududning 60 foizi sayyohlarga to’ldi. O’tgan yili ham hududning turizm tarmog’i uchun samarali o’tar ekan shaharga bir milliondan ortiq mahalliy va chet ellik sayyohning tashrif buyurganligi ma’lum bo’ldi.

Hurriyet gazetasi: “Dangal” filmida aytilgan xintlik kurashchi Edirneda lagerda. Bosib o’tgan yo’li Bollywoodning muhim asarlaridan biri hisoblangan “Dangal” filmida qo’lga olingan xintlik milliy kurashchi Geeta Phogat hozirda Turkiyaning Edirne shahrida. Phogat, on kundan beri Turkiyaning kurash bo’yicha sanoqli o'quv markazlaridan birida, turk milliy kurash jamoasi bilan shug’ullanmoqda. Geeta Phogat, Yevropa va dunyo chempionat musobaqalari oldidan turk kurashchilar bilan tayyorgarlik ko’rishning, shaxsi uchun katta yutuq ekanligini belgilab o’tdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar