Matbuot sharhlari 24.1.2019

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1132175
Matbuot sharhlari 24.1.2019

Haber Turk gazetasi: “Sulaymoniya qatnovlariga bo’lgan ta’qiqlar bekor qilinmoqda”. Turkiya Respublikasi Transport va infratuzilma vaziri Jahit Turhan, Sulaymoniya qatnovlariga bo’lgan ta’qiqlar 25-yanvar kuni bekor qilinmoqda. Istanbul-Sulaymoniya o’rtasida qatnov bir haftada 7 marotaba yo’lga qo’yiladi” dedi. Sulaymoniya va Arbil qatnovlari 25-sentabrda Iroq Kurd avtonom tumanida uyushtirilgan mubohasali referendum ortidan keyingiga qoldirilgan bo’lib, Arbil qatnovlari o’tgan yilning mart oyida qayta yo’lga qo’yilgandi.

Vatan gazetasi: Berat Albayrak, mintaqadagi yagona barqaror davlatning Turkiya ekanligini qayd etdi. G'aznachilik va moliya vaziri Berat Albayrak Turkiyaning, o’rin olgan mintaqada yagona barqaror davlat ekanligini qayd etdi. Albayrak, kecha Shveytsariyaning Davos shahrida uyushtirilgan navbatdagi Xalqaro Iqtisodiy forumda, “Rivojlanayotgan bozorlarning ko’rinishi” deb nomlangan yig’ilishda ishtirok etdi. Unda ishtirokchilar savoliga javob bergan Albayrak, Turk iqtisodiyotining, o’rin olgan mintaqadagi muammolarga qaramay rivojlanishni davom etganligini va poydevorlari sog’lomligini ta’kidladi.  

Star gazetasi: Turkiyaning Qatarga bo’lgan eksporti 62 foizga ortgan holda, 1 milliard 19 million dollarga yetdi. Turkiyaning Doha elchisi Fikret O’zerning qayd etishicha, Turkiyaning Qatarga bo’lgan eksporti 2018-yili undan oldingi yilga qaraganda 62 foizga ortgan holda, 1 milliard 19 million dollarga o’sgan. Bu yil yani 2019-yili esa 1.5 milliard dollarga yetgan.

Hurriyet gazetasi: Turk oyoq kiyim sektori Italiyadagi yirik yarmarkada ishtirok etdi. Turk oyoq kiyim va sumka sektori vakillari Italiyaning Riva del Garda shahrida uyushtirilgan “Expo Riva Schuh” yarmarkasida ishtirok etdi. “Ege Deri” va Teri mahsulotlari eksportchilar uyushmasi raisi Erkan Zandar, “Expo Riva Schuh” yarmarkasining ayniqsa, yevropalik ulgurji va yirik magazin sohiblari tashrif buyurgan katta tashkilot ekanligini belgilab o’tgan holda, Yevropa davlatlari bosh bo’lish bilan birga bir yilda 300 million juft oyoq kiyim eksport qilish orqali, 1 milliard dollarlik tashqi savdo raqamini orttirish niyatida ekanliklarini ma’lum qildi.  

Sabah gazetasi: O’tgan yili Zeugma Mozaika muzeyini 266 ming kishi yo’qladi. Turkiyaning Gaziantep shahrining ramziga aylangan “Lo’li qiz” mozaikasini o’z ichiga olgan “Zaugma Mozaika” muzeyini o’tgan yili 266 ming 560 kishi yo’qladi. Ayniqsa o’tgan yilning oxirida “Lo’li qiz” mozaikasining bo’lakchlari Amerika Qo’shma Shtatlaridan olib kelinar ekan shu orqali muzeydagi mozaikalar soni ham ortdi. Shuning uchun ham bu yil mahalliy va chet ellik yo’qlovchilar sonida ortish kutilmoqda.



Aloqador xabarlar