Matbuot sharhlari 05.12.2018

Bugungi ba'zi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1100998
Matbuot sharhlari 05.12.2018

Haber Turk gazetasi: Prezident Erdo'g’an muhim bayonotlar berdi. Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Argentinadagi G-20 Liderlar sammiti ortidan amalga oshirgan Paragvay va Venesuela safarlarini tamomlab kecha poytaxt Anqaraga qaytib keldi. Prezident Erdo'g’an “Esenboğa” nomidagi aeroportda uyushtirgan matbuot anjumanida “Lotin Amerika va Karib havzasidagi davlatlar bilan o’zaro va ko’p tomonli munosabatlarimizni mustahkamlashni davom ettiramiz” dedi. Erdo’g’an shuningdek, o’zaro uchrashuvlarda har qanday terrorga qarshi bir yoqadan bosh, bir yengdan qo’l chiqarish kerakli ekanligini ta’kidlaganliklarini qayd etdi.

Hurriyet gazetasi: Binali Yildirim: “Xitoyni strategik do’st mamlakat deb qabul qilamiz” dedi. Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Binali Yildirim Osiyoning sharqining uchida Xitoy, g’arb uchida esa Turkiya o’rin olgan o’zaro strategik mamlakat ekanligini qayd etdi. Xitoyga bo’lgan tashrifi chog’ida kecha poytaxt Pekinda bo’lgan Binali Yildirim Congnanhay Davlat Mehmonxonasida Bosh vazir Li Kinciang bilan uchrashdi. Yildirim mazkur uchrashuvda, “Gap Tarixiy Ipak yo’lining Osiyoning sharqidan Yevropaning markazigacha bo’lgan yo’lida o’rin olgan muhim ikkita mamlakati haqida ketyapdi. Xitoyni biz ham o’zimiz uchun strategik do’st davlat deb qabul qilamiz” deya gapirdi.

Sabah gazetasi: Venesuelada Emine Erdo’g’anga bag’ishlab maxsus konsert dasturi uyushtirildi. Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anga Janubiy Amerikaga bo’lgan tashrifi chog’ida hamrohlik qilgan rafiqasi Emine Erdo’g’an Venesuela Prezidenti Nicolas Madura Morosning turmush o’rtog’i Cilia Flores de Maduro tomonidan maxsus dastur orqali kutib olindi. Halqaro hamjamiyatda EL SISTEMA deb tanilgan Venesuela Milliy yoshlar va bolalar orkestralari va xor guruhi Emine Erdo’g’anning hurmatiga konsert dasturi uyushtirdi. Mazkur dasturda turk tilida ijro etilgan qo’shiqlardan tashqari Turk Davlat madhiyasi ham ijro etildi. 

Vatan gazetasi: Turkiya haydovchisiz quriqlik vositalarining turi va sonini orttirmoqchi. Xavfsizlik kuchlarining foydalanishiga topshirilgan haydovchisiz quriqlik vositalarining turi va soni orttiriladi. Mudofaa sanoati yetakchiligi haydovchisiz tizimlar tarmog’idagi kamchiliklarni mamlakatning o’zida hal qilish ishlarining orttirilishi borasidagi faoliyatlarni ko’paytirdi. Shu doirada haydovchisiz yoki uchuvchisiz platformalari va logistika xizmatlarining xavfli yer uchastkalarida kashfiyot va transport xizmatlari bilan kuchli o’q uzish kuchi va harakat qobiliyatidan foydalangan holda dushmanga yaqinlashish va kerak bo’lganida yo’q qilish maqsadida foydalanilishi rejalashtirilmoqda.

Star gazetesi: Turk seriallari Livanda oltin chog’ini boshdan kechirmoqda. Turk seriallari Livanda 2007-yildan beri arab tilida dublaj orqali berila boshladi. Huddi ana shu kundan beri Livanda eng ko’p tomosha qilingan chet el seriallari orasida birinchi o’rinda. Livanliklar oldin Suriya, Misr va Meksika seriallarini tomosha qilar ekan oxirgi on yildan beri esa ularning Turk seriallariga bo’lgan qiziqishi katta. Livanlik erkaklar Turk seriallarini ko’proq Turk tilini o’rganish maqsadida kuzatib borishlarini eslatar ekan ayollar esa hikoya va san’atkor kuchi bilan birga Turkiyaning geografik go’zalligi, madaniyati va modasiga bo’lgan qiziqishi jihatidan tomosha qilayotganliklarini qayd etmoqda.   



Aloqador xabarlar