Matbuot Sharhlari 24.05.2018

Prezident Rajab  Tayyib Erdo’g’an, valuta kursidagi to’lqinli  holatni muhokama qildi.

978009
Matbuot Sharhlari 24.05.2018

 

 

Matbuot Sharhlari 24.05.2018

Sabah: Erdo’g’andan yurtdoshlarga, mahalliy pulingizni   valuta bilan almashmang”

Prezident Rajab  Tayyib Erdo’g’an, valuta kursidagi to’lqinli  holatni muhokama qildi.

Prezidentlik kulliyasida bo’lib o’tgan  iftor dasturida bayonotlar bergan Erdo’g’an,

“Menim  xalqimdan iltimos,  o’z milliy pulingizni valutaga almashtirmang” dedi. Erdo’g’an, “ Milliy pulimiz bilan harakat etishga davom etamiz. Milliylilik  mahalliylilik, vatanparvarlikning   asosiydir. Buni himoya qilsak istiqbolimiz juda ham  farqli bo’ladi. Bugungacha juda ko’p qiyin kunlarni  Turkiya  o’z boshidan  o’tkazdi. Ollohning  yordami bilan va millatimizning himoyasi bilan bu  masalani ham oshib o’tamiz” deb qayd etdi.

Star: Erdo’g’an: Kursdagi to’lqinlanish Turkiyaning iqtisodiy haqiqatlari bilan mos emas”

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, oxirgi kunlarda  kursda sodir bo’lgan qismi to’lqinlanish Turkiyaning iqtisodiy haqiqatlari bilan mos emas dedi. “ Turkiya o’tgan yil 7,4 foiz nisbatida o’sgan, hanuz ham ushbu jarayonda o’sishini davom ettirgan bir o’lkadir” degan Erdo’g’an, “ eksportimiz joriy yilning aprel oyida  160 milliarddan oshiq, joriy yilning oxirida  170 milliardni oshida deb  o’ylaymiz. Turizm 40 milliondan oshiq, 30 milliard dollar  pul tashlab ketishi kutilmoqda. Banklarimiz Amerika qo’shma shtatlari (AQSh), Yevropadagi  o’z tengdosh tashkilotlaridan  ikki barobar yana kuchli sarmoya yetarlilikka  egadir. Davlat qarzlari 8,4 foiz bo’lgan milliy daromadimizga bo’lgan  nisbati jihatidan ham rivojlangan o’lkalarning ko’pidan juda  ilgaridanmiz .  Bunday bir sharoitda o’lkamizda valuta kursining ko’tarilishining sababini to’g’ri aniqlash kerak” dedi.

Vatan “ Turkiya energiya sohasida yirik qadamlar tashlashga tayyor”

TRTda jonli efirda uzatilgan maxsus dasturda Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, Turkiya energiya sohasidagi tashlagan qadamlar  borasida ma’lumot  berdi. Hakkarida yangi neft qazib chiqarish uchun quduqlar ochiladi degan Erdo’g’an, atom  energiyasi bilan aloqali Mersin Akkuyu stansiyasining inshoot faoliyati davom etganini, yangi atom energiya stansiyasini insho etilishini ma’lum qildi. Toza energiya  loyihalariga ahamiyat berganlarini ifoda etgan Erdog’an, Trans Anado’li tabiiy gaz quvuri ( TANAP) bilan Ozarbayjon tabiiy gazini Turkiya orqali Yevropaga yetkazib berishlarini qayd etdi. Turkiya shamol energiyasida ming megavatlik juda jiddiy bir qadamni  Ko’niyada tashlaganlarini ma’lum qildi.

Yeni  Shafak: Eronliklar sayohat uchun Turkiyani tanlamoqda”
Amerika qo’shma shtatlari (AQSh) atom kelishuvidan chiqib ketib sanksiyalar tatbiq etish qarori olgan Erondan Turkiya sayyoh kelishi kutilmoqda. 2017- yilida 2,5 million nafar  Eronlik sayyohni mehmon qilgan  turim sektori AQSh va Yevropa ittifoy( YI) bozoriga sanksiyalar tufayli bora olmaydigan Eronlik sayyohlar Turkiyaga qarab yo’naldi deb qayd etilmoqda. G’arblik  sayyohlarga  ko’ra   35-40 foiz  ko’proq xarajat qilgan Eronlik sayyohlar kelgusi davr Turkiya kelishi kutilmoqda. Yılning uch oyida Turkiyaga  eng ko’p sayyoh yuborgan o’lkalar kategoriyasida 738 ming kishi bilan Eron birinchi o’rinda egaladi.  

Haber Turk: “ Beshiktosh, Yevropada eng ko’p e’tibori ortgan jamoa bo’ldi”

Oldingi yil biri- ketin chempion bo’lgan va oxirgi ikki yilda yevropadagi kurashi bilan yaxshi daromadga ega bo’lgan Beshiktosh, Yevropaning eng ko’p o’sgan klubi bo’ldi. Dunyoga mashhur tekshiruv va maslahatchilik firmasi KPMG Futboll Benmchamark guruhi har yil tayyorlab kelgan  Yevropa eliti tadqiqototining oxirgi hisobotida Yevropa  futbolining eng qiymatli 32 jamoasi belgilandi. Tadqiqotga ko’ra, Turkiya oliy ligasining  eng qiymatli klubi Beshiktosh 52 foizlik nisbati bilan Yevropaning eng ko’p qiymati ko’tarilgan guruhi deb hisoblandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Matbuot , #gazeta , #Saylov , #Valuta , #Kurs

Aloqador xabarlar