Matbuot Sharhlari 25.09.2017

Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar to'plami.

813832
Matbuot Sharhlari 25.09.2017

Yeni Shafak gazetasi: “Turkiya iqtisodiyotining yana 7 foizga o’sishi kutilmoqda”. Bosh vazir Binali Yildirim Turk iqtisodiyotining o’sishiga e’tibor qaratib, “Uchinchi chorakda, 7 foizga o’sishi kutilmoqda” dedi. Binali Yildirim shuningdek, Turkiya iqtisodiyotining 2017-yilning birinchi choragida 5 foizga, ikkinchi choragida esa 5.2 foizga o’sish kuzatilganligini ham eslatib o’tdi.

Vatan gazetasi: “Boeing turk mahsulotiga aylanadi”. Turkiya Respublikasi Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi, Boeingni turk mahsulotiga aylantirmoqchi ekanliklarini eslatib, “Biz faqatgina uchoq xarid qilib olmoqchi emasmiz ayni vaqtda uchoq qismlarini ishlab chiqarish niyatimiz ham bor” dedi. Nihat Zeybekchi, Boeing bilan Nyu-Yorlda bo’lib o’tgan uchrashuvlari to’g’risida gapirar ekan bu haqida, “Maqsadimiz Boeing tarmog’iga muvofiq Turk kompaniyasini tashkil etishdir. Boeingni turk mahsulotiga aylantirish uchun biz faqatgina Boeing uchoqlari seriyasini ishlab chiqarish bilan cheklanib qolmay ayni vaqtda u texnologiya, u madaniyat, u tushuncha va u tadqiqot va eksperimental rivojlanish bilan tarmoqning ajralmas bo’lagiga aylanadigan Turk firmalari yaratishimiz darkor. Bu borada ular bilan kelishib oldik” dedi. Zeybekchi Turkiya sifatida ta’lim, texnik texnologiyalar sohasi, ba’zi bo’lakchalarning ishlab chiqarilishi shu jumladan o’rindiq, uchoq gavdasi kabi ichki jihozlarini ishlab chiqarish niyatida ekanliklarini qayd etdi.  

Haber Turk gazetasi: “Mersinda tsitrus eksporti boshladi”. Turkiyaning Mersin viloyatida tsitrus eksporti boshladi. O’tgan yilgi 587 ming tonnalik limon mahsuloti bilan Mersin birinchi o’rinda turar ekan ayni vaqtda jami 1 million 52 ming tonnalik eksport mahsuloti yetishtirdi. Bu va bundan keyingi yillarda Mersin, 1 million tonnasi limon bo’lish bilan birga jami 1.5 million tonna tsitrus mevasi yetishtirishni ko’zlamoqda. Limonlarning yirik qismi Rossiya va Arab davlatlari bilan birga Yevropa ittifoqi tarkibidagi qariyb 20 davlatga eksport qilinadi.   

Sabah gazetasi: “Rulda turklar bor”. O’z mahsulotini dunyoning 5 qit’asidagi roppa-rosa 193 mamlakatga eksport qilgan Turkiyaning avtomobil tarmog’i, endilikda dunyoning eng yirik firmalariga “yetakchi” ham eksport qilmoqda. Shu doirada bugungi kunda, bir necha Turk yetakchi, dunyoning to’rt burchagida oliy darajali “yetakchi” sifatida ish olib bormoqda. Avtomobil tarmog’ining turli sohasida ish olib borayotgan va bugungi kunda dunyoning yirik firmalariga transfer qilingan bu yetakchilar, ayni vaqtda chet elda, Turkiyaning avtomobil tarmog’ining elchisi kabi vazifalarda ishlamoqda.   

Star gazetasi: “Norvegiyada turklarning birinchi chop etilgan atlasi topildi”. Norvegiya Milliy kitobxonasidagi omborda, uzoq vaqtdan beri saqlanib kelinayotgan atlasning turklar va musulmonlarning birinchi chop etilgan “Jadid Atlas Tarjimasi” (1803) ekanligi aniqlandi. Kitobxonada ishlagan Anders Kvernberg, 1803-yili Usmoniy davlati poytaxti Istanbulda, faqatgina 50 dona chop etilgan va bugungi kunda dunyoda, bir necha nusxasigina bo’lgan ushbu atlasni, ijtimoiy medio orqali kashf etdi. Atlas fotosuratini “Reddit” ijtimoiy media foydalanuvchilari bilan bo’lishgan Kvernberg, unga izoh qoldirgan kuzatuvchisi yordamida kitop nomining “Jadid Atlas Tarjimasi” ekanligini o’rgandi. Kvenberg, omborga uning yangi yoki keyingi nusxasini qidirib tushganida, uning haqiqiy eski qog’oz va teri ekanligini, bittayu bitta nusxasi borligini va takror nashr etilmaganligini payqadi. Atlasning dunyoda 14 ta nusxasi bor.

 



Aloqador xabarlar