Matbuot sharhlari 19.08.2016

Xoin terror tinmay hujumlarini davom ettirmoqda.

555160
Matbuot sharhlari 19.08.2016

Xabar Turk gazetasi, "Xoin terrorga bir javob" deb yozmoqda. Bir necha kun avval Van viloyatida terror hujumi natijasida 3 kishi shahid bo'ldi, 217 kshi esa tan jarohati oldi. 15- Iyul kuni Fethullah terror tashkilotiga qarshi "Bir yurak" bo'lgan Turkiya, kuni kecha PKK terroriga qarshi birlikdamiz" dedi. Xalq yongan binoga kirib politsiyachilarni qutqardi. Bosh shtab rahbari bilan Elazig'ga borgan bosh vazirga, shaharda ona muxolifat hay'ati ham hamrohlik qildi. Yildirim, "15 Iyul kungi birligimiz bundan keyin ham davom etadi" dedi.

Sabah gazetasi, "Xiyonatlar kemta-ket" deb yozmoqda. FETO zarar ko'rgach, hamkori terror tashkiloti PKK ofaoliyatga o'tdi. Terror tashkiloti PKK, bombali hujular bilan Van, Elazig' va Bitlisda hujumlar uyushtirdi.

Vatan gazetasi, "15 Iyulga javob" deb yozmoqda. Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Prezidentlik Saroyida Islom Dunyosi Nodavlat Tashkilotlar Birligi hay'atini qabul qilganda so'zlagan nutqida, so'ngi terror hujumlarining millatning 15-Iyul kungi birdamligini shinonga olganiga diqqat qaratdi. PKKning orqasida FETOning bo'lgani oshikor ekanligini bildirgan Erdo'g'an, Turkiyaning, ham bu xoinlarga qarshi ham hudud bilan aloqali ilgari surganlarni qo'llab-quvvatlashini izohladi.

Hurriyat gazetasi, "Kichik Imron hammani yig'llatdi" deb yozgan. Dunyo, Suriyaning Halab shahrida o'limdan qaytgan 5 yoshar Imron Daknes nomli boladan bahs etmoqda. Yiqilgan bir binoning tagidan chiqarilgan Imronni ko'rsatgan tasfirlar yuraklarni dog'ladi. Imran, o'tgan yil Bodrumda jonsiz badani topilgan 3 yoshdagi Ayla kabi urushning ayovsizligining ramzi bo'ldi.

Star gazetasi, "Bizning bir vatanimiz bor" deb chop etoqda. Eurovision Qo'shiq tanlovida '1944'  nomli qo'shig'i bilan birinchi bo'lgan Qirim Talar Xonanda Jamala, Istanbuldagi konsertida , 'Onavatan' qo'shig'ini ijro etdi. Jamala, "Bizlar vatandan judo bo'lib yashashning nimaligini bilamiz, Vatanimizdan surgun qilindik,lekin bilar edik har doim boradigan vatanimiz bo'lganini. Vatan uchun jon bergan barcha shahidlarni hurmat bilan yodga olamiz" deb so'zladi.


Tanlangan kalimalar: #pkkning orqasida , #feto bor

Aloqador xabarlar