Toshkentda “Turkiy xalqlar tarixida Turkistonning o‘rni” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

Konferensiyada Turkiya, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Qozog‘iston va O‘zbekistondan olimlar, professor va fan doktorlari ishtirok etdi.

2074314
Toshkentda “Turkiy xalqlar tarixida Turkistonning o‘rni” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

 

Kuni kecha O’zbekiston poytaxti Toshkent shahrida Turkiy Davlatlar Tashkiloti, Turkiy davlatlar geografik kengashi hamda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamkorligida “Turkiy xalqlar tarixida Turkistonning o‘rni” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada Turkiya, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Qozog‘iston va O‘zbekistondan olimlar, professor va fan doktorlari ishtirok etdi. 

Konferensiya jadid Abdulhamid Cho‘lponning “Go‘zal Turkiston, senga ne bo‘ldi?” she’ri bilan kuylangan qo‘shiq sadolari ostida ochildi. 

So‘ngra, Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti “Turksoy” bosh kotibi o‘rinbosari, professor, doktor Sayid Yusuf so‘zga chiqib, turkiy xalqlar madaniyatining ahamiyati haqida gapirdi. 

“Turkiy xalqlar tarixidan Turkiston yulib olinsa, unda qiymatga ega boshqa hech narsa qolmaydi. Hatto, dunyo madaniyati tarixidan Turkistonni chiqarsak, undan ham hech narsa qolmaydi. Men Hindistonni, Pokistonni kezdim, Afrikaning markazidan Sudanga qadar bordim. U yerlarda o‘z tilini unutgan millionlab turkiylar bilan ko‘rishdim. Hindistondagi turkiylar 50 milliondan kam emas va ular menga shunday dedi: “Biz turkiymiz va turkiy tilni o‘rganishni istaymiz. Bizning turkiy maktablarimiz, turkiy kollejlarimiz bor”. Dunyoning to‘rt tarafidagi turklarga, qardoshlarimizga madaniyatimizni yetkazish juda muhim”, deydi professor. 

Tadbirda so‘zga chiqqan Turkiy davlatlar geografik kengashi bosh kotibi Oybek Norinboyevning bildirishicha, 2024 yil fevral-mart oylarida ham Turkiy Davlatlar Tashkiloti bilan hamkorlikda Qoraxoniylarga bag‘ishlangan konferensiyani o‘tkazish rejalashtirilgan.

 



Aloqador xabarlar