Turkiyaning to‘rt burchagida bolalar bayrami nishonlanmoqda

Turkiya bugun, Milliy mustaqillik va bolalar bayramini nishonlamoqda.

2131035
Turkiyaning to‘rt burchagida bolalar bayrami nishonlanmoqda
numan kurtulmus 23 nisan anitkabir.jpg
kapadokya 23 nisan.jpg
kapadokya 23 nisan.jpg
23 nisan anitkabir.jpg

Bugun Turkiyaning to‘rt burchagida Milliy mustaqillik va bolalar bayrami nishonlanmoqda.

23 - aprel Milliy mustaqillik va bolalar bayrami hamda Turkiya Buyuk Millat Majlisining (TBMM) ochilishining 104 - yilligi munosabati bilan poytaxt Anqarada joylashgan majlis hovlisidagi “Ataturk” haykali oldida marosim uyushtirildi.

Unda Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Numan Kurtulmush, “Ataturk” haykali poyiga qizil va oq gullardan yasalgan gulchambar qo‘ydi.

Numan Kurtulmush rahbarligidagi rasmiylar ham Turkiya Respublikasining asoschisi, buyuk rahbar Mustafa Kemal Ataturk qabri joylashgan Anitqabrda uyushtirilgan marosimda ishtirok etdilar.

Anitqabr maxsus daftariga imzo chekkan Kurtulmush unda: “Respublikamizning ikkinchi asrini Turkiya asriga aylantirish uchun bor kuchimiz bilan mehnat qilamiz”, - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Milliy ta’lim vaziri Yusuf Tekin ham o‘quvchilar va o‘qituvchilar bilan Anitqabrni ziyorat qildi.

Tekin, Anitqabr maxsus daftarida:

“Aziz Ataturk! Sizdan olgan ilhom va aziz xalqimizdan olgan kuch bilan, bu jannatmakon vatanni yana – da rivojlantirishda qarorimiz qat’iydir”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Turkiyaning Nevshehir viloyatining turizm markazi hisoblangan Kapadokiya tumanida esa bugun ertalab uchirilgan issiq sharlar, bayram munosabati bilan o‘smonga Turk bayroqlari bilan ko‘tarildi.

Turkiyaning Van viloyatiga qarashli Erjish tumanida esa, o‘quvchilar o‘z qishloqlarida kortej yurishi uyushtirdilar.

Qishloq aholisi, kortej yurishida ishtirok etgan bolalarni shirinliklar bilan siyladilar.

Yurishdan so‘ng o‘quvchilar maktab bog‘iga kelib “Turkiya xaritasi” xoreografiyasini yaratdilar.

 



Aloqador xabarlar