TRT eng nufuzli "Emmy" mukofotiga sazovor bo'ldi

Amerika Qo'shma Shtatlarining Nyu-York shahrida bo'lib o'tgan marosimda film prodyuserlari Mouhssine Ennaimi va Aleksandr Pauliat mukofotni qabul qilib oldilar.

2043474
TRT eng nufuzli "Emmy" mukofotiga sazovor bo'ldi

 

Turkiya teleradio korporatsiyasi TRT eng nufuzli mukofot bo'lgan bo'lmish "Emmy" mukofotini qo'lga kiritdi.

"TRT World" mahsuloti bo'lgan "Off the Grid" hujjatli filmining Ukrainada tasvirga olingan "Ukraina urushi kundaliklari" nomli bo'limi Xalqaro Emmy mukofotining "Xabarlar va dolzarb mavzular" nominatsiyasida mukofotga loyiq deb topildi.

Amerika Qo'shma Shtatlarining Nyu-York shahrida bo'lib o'tgan marosimda film prodyuserlari Mouhssine Ennaimi va Aleksandr Pauliat mukofotni qabul qilib oldilar.

Mukofotlarni o'z egalariga topshirish marosimida ishtirok etgan TRT Bosh direktor o'rinbosari O'mer Faruk Tanrıverdi, "Albatta, xursandmiz. Biz olgan bu mukofot "TRT World"ning xalqaro jurnalistika va eshittirish sohasida erishgan yutuqlarining isbotidir. Bunga hissa qo'shgan barcha do'stlarimizni, ayniqsa "Off The Grid" jamoasini tabriklayman",-dedi.

Tadbirda so'zga chiqqan "TRT World" kanali koordinatori Bora Bayraktar shunday dedi:

"Bu mukofot, eng avvalo, "TRT World" jamoasining qanchalik muvaffaqiyatli ekanini, xalqaro standartlarda ko‘rsatuvlar olib borishini va xalqaro standartlarda jurnalistika bilan shug‘ullanishini ko‘rsatadi. Boshqacha aytganda, bu Amerikada televideniye sohasidagi eng katta mukofotdir. Turk hujjatli filmi birinchi marta bu mukofotga sazovor bo'ldi. Biz bundan juda faxrlanamiz".

Mouhssine Ennaimi va Aleksandr Pauliat tomonidan tasvirga tushirilgan ushbu film Ukrainada suratga olingan. 

Hujjatli film 2022-yil fevral oyida boshlangan urushning halokatli yuzini tomoshabinlarga hayratlanarli tarzda yetkazadi va Rossiya armiyasi chekingan joylarda tinch aholi hayotidagi o‘zgarishlarga bag‘ishlangan.


Tanlangan kalimalar: #TRT World , #Emmy , #TRT

Aloqador xabarlar