Ayasofiya jome’ masjidining veb - sayti omma xizmatiga taqdim etildi

Istanbuldagi tarixiy Ayasofiya jome’ masjidining veb - sayti, omma xizmatiga taqdim etildi.

2033671
Ayasofiya jome’ masjidining veb - sayti omma xizmatiga taqdim etildi

Ayasofiya jome’ masjidining veb - sayti Madaniyat va turizm vazirligi, Fondlar Bosh boshqarmasi tomonidan tayyorlanib, omma xizmatiga taqdim etildi.

Fondlar Bosh boshqarmasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, www.ayasofyaikebircamii.gov.tr veb-saytida, nomi tilga olingan jome’ masjidi haqida har qanday ma’lumot o‘rin olgan.

Turk va ingliz tillarida ochilgan veb-saytida mazkur jome’ masjidi tarixi, o‘tmishdagi restavratsiyalar haqidagi ma’lumotlar, tarixiy tuzilish haqidagi rivoyatlar, so‘nggi restavratsiya kundaligi va jome’ masjidiga oid turli tasvirlar haqida ma’lumot berilgan.



Aloqador xabarlar