Antaliyada 1800 yilga oid g‘alaba ma’budasi haykali topildi

Antaliyaning Alaniya tumanidagi Syedra qadimiy shahrida Karamanog'lu Mehmetbey universiteti arxeologiya bo'limi o'qituvchisi dotsent Ertug' Ergyurer boshchiligidagi guruh tomonidan besh yildan beri qazilmalar davom etmoqda.

2032011
Antaliyada 1800 yilga oid g‘alaba ma’budasi haykali topildi

 

Antaliyaning Alaniya tumanidagi Syedra qadimiy shahrida 1800 yilga oid ikkinchi ma’buda Nike (g‘alaba ma’budasi) haykali topildi.

Qazilmalar Madaniyat va turizm vazirligi, Madaniy meros va muzeylar bosh boshqarmasi koʻmagida, Karamanog'lu Mehmetbey universiteti arxeologiya bo'limi o'qituvchisi va Syedra qazish ishlari bo'limi boshlig'i dotsent Doktor Ertug' Ergyurer boshchiligidagi guruh tomonidan besh yildan beri davom etmoqda.

Qadimgi Syedra shahrida bir hafta oldin topilgan g'alaba ma'budasi "Nike"ning ikkinchi haykali ham davom etayotgan izlanishlar natijasida qazib olindi.

"Alaniya-Syedra qadimiy shahri qazishmalarida milodiy 2-asrga oid yana bir 83 santimetr balandlikdagi Nike haykali topildi" deyiladi Qazilmalar va tadqiqotlar bo'limining ijtimoiy tarmog'ida.

 


Tanlangan kalimalar: #Syedra qadimiy shahri , #Antaliya

Aloqador xabarlar