Burak Karatash Oksforddagi matematika bo'yicha tanlovda birinchi o'rinni egalladi

Burak Karatash Angliyada Oksford universitetining matematika va kompyuter bo'limida birinchi o'rinni egalladi.

2018661
Burak Karatash Oksforddagi matematika bo'yicha tanlovda birinchi o'rinni egalladi

 

Burak Karatash Angliyada Oksford universitetining matematika va kompyuter bo'limida birinchi o'rinni egalladi.

Matematika olimpiadalarida ko'plab milliy va xalqaro darajalarga ega bo'lgan Aydinli Burak Karatash bu sohadagi muvaffaqiyati bilan milliy terma jamoaga saylandi.

Bu yil o'rta maktabni bitirgan Karatash  do’stining  taklifi bilan qatnashgan Oksford universiteti imtihonida matematika va kompyuter fanlaridan 93 ball oldi.

Muvaffaqiyatli talaba ushbu bo'limga birinchi bo'lib to'liq stipendiya bilan kirdi.

Burak Karatashning aytishicha, matematika olimpiadalari unga o'zini rivojlantirish imkoniyatini taqdim etgan.

Mehnatkash bo'lish bilan birga o'ziga vaqt ajratishni bilishini ifoda etgan Karatash, Oksfordni yutish jarayoni haqida ham gapirdi.

Karatash, yozma va og'zaki imtihonlar borligini, butun dunyodan 66 kishining matematika-kompyuter sohasiga qabul qilinganini tushuntirdi.

Imtihonlarning 100 balldan baholanganini ta'kidlagan Karatash, "Ushbu bo'limga 93 ball bilan birinchi bo'lib kirdim. Umumiy o'rtacha 72, qabul qilinganlarning o'rtachasi 70 atrofida" dedi.

Maqsadlari haqida gapirar ekan, Karatash, DNK tadqiqotlari va sun'iy aqlning saratonga qarshi kurashga ta'siri ustida ishlashni xohlayotganini bildirdi.

– Magistraturani tamomlab Turkiyaga qaytib, shu yerda xizmat qilish mening eng katta maqsadim. dedi.

.



Aloqador xabarlar