Samarqandda Turkiy xalqlar madaniyati tarannum etildi

Turkiy davlatlar yetakchilari “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazidagi “Boqiy shahar” majmuasiga tashrif buyurdi. U yerda oliy martabali mehmonlarning tashrifi sharafiga O‘zbekiston Prezidenti nomidan qabul marosimi o‘tkazildi.

1905271
Samarqandda Turkiy xalqlar madaniyati tarannum etildi

 

Turkiy davlatlar yetakchilari “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazidagi “Boqiy shahar” majmuasiga tashrif buyurdi.

Maʼlumotga ko‘ra, bu yerda oliy martabali mehmonlarning tashrifi sharafiga O‘zbekiston Prezidenti nomidan qabul marosimi o‘tkazildi.

Samimiy muloqotda Samarqand turkiy tamaddunning qadimiy beshiklaridan biri bo‘lgani, bugun xalqaro forumlar markaziga aylanib borayotgani yodga olindi.

Turkiy millatlarning qadim madaniyati, umumiy anʼana va qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan konsert dasturi namoyish etildi.

Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasidagi asosiy tadbirlar 11 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.



Aloqador xabarlar