O'zbekistonda “Turkiya madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tdi

Mazkur tadbirga Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar, elchixona vakillari va O‘zbekistondagi TIKA tashkiloti rahbari Jamalettin Tuney tashrif buyurdi.

1743044
O'zbekistonda “Turkiya madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tdi

 

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ma’naviy-ma’rifiy, madaniy aloqalar uzoq tarixga ega. Turk va O‘zbek xalqi qon-qondosh, dini, tili, madaniyati bir-biriga yaqin bo‘lgan xalqlardir. Hamisha bir-biriga dastak bo‘lib kelgan millatlardir.

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida uzoq yillardan beri turk tili va adabiyoti, Turkiya iqtisodi, siyosati va madaniyati o‘qitilmoqda. Shu bois universitetda Turkiya madaniyati kunlari muntazam tashkil etiladi. Bu gal ham Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida "Turkiya madaniyati kunlari" o‘tkazildi. Universitet san’at saroyi, kirish yo‘laklari va fayesi Turkiyaga oid bezaklar bilan bezatildi.

Mazkur tadbirga Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar, elchixona vakillari va O‘zbekistondagi TIKA tashkiloti rahbari Jamalettin Tuney tashrif buyurdi. Turkshunoslik fakultetining ikki talabasi a’lo o‘qishlari va ilm-fandagi muvaffaqqiyatlari uchun rektor stipendiyasiga loyiq topildi. Ularga stipendiya sohibi guvohnomasi berildi.

Mehmonlarga turk milliy taomlaridan “sarma”, “içli köfte”, “sigara böreği”, “baklava”, “tulumba tatlısı” tortiq etildi. Tadbir davomida turkiyalik tadbirkorlar o‘zbekistonda nima ishlar bilan shug‘ullanadi, qaysi yo‘nalishda faoliyat yuritadi, tarjimonlik qiladigan talabalarga qo‘yiladigan talablar haqida so‘z bordi. 

Bu kabi tadbirlarni tashkil etishdan maqsad, ikki xalq, ikki millatning bir-biri bilan yaqin bo‘lishiga erishish, ikki davlatning urf-odati va madaniyatlarini namoyish etishdir.

Tadbir davomida kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar