Tiranada Turk filmlari haftasi boshlandi

Albaniyaning poytaxti Tiranada Yunus Emre instituti (YEE) tomonidan uyushtirilgan “Turk filmlari haftasi ” boshlandi.

1737434
Tiranada Turk filmlari haftasi boshlandi

 

Albaniyaning poytaxti Tiranada Yunus Emre instituti (YEE) tomonidan uyushtirilgan “Turk filmlari haftasi ” boshlandi.

7-vardda mo''jiza filmi Tirandagi kinoteatrda bo'lib o'tgan ochilish dasturi doirasida namoyish etildi.

Dasturda ishtirok etgan Turkiyaning Tirandagi elchisi Murat Ahmet Yo’ruk, Bolqonlar, ayniqsa Albaniyaning turk mahsulotlarini katta qiziqish bilan kuzatganini bildirib, turk san'atining hamkorlik va aloqa ko'priklari o'rnatganiga urg'u berdi.

Alban kinoaktyori Julian Deda bu yerda soʻzlagan nutqida ushbu tadbir bu sohadagi hamkorlik rishtalarini  rivojlantirish uchun bir qadam ekanligini taʼkidladi.

Tirana YEE direktori O'mer Usmon Demirbaş, tomoshabinlar uchun boshqasidan qimmatroq bo'lgan filmlarni tanlaganliklarini bildirdi.

26-noyabrga qadar davom etadigan Turk filmlari haftaligi doirasida “Biz uchun chempion”, “Rafadan Tayfa Dehliz sarguzashti”, “Amnistiya” va “Nasib bo’lsa  nomzodmiz” filmlari ham namoyish etiladi.

 

 



Aloqador xabarlar