Bugun Mustafa Kemal Ataturkni xotirlash, yoshlar va sport bayrami!

Bugun, Turkiya bilan ShKTR Mustafa Kemal Ataturkni xotirlash, yoshlar va sport bayramini nishonlamoqda.

2141241
Bugun Mustafa Kemal Ataturkni xotirlash, yoshlar va sport bayrami!

Bugun 19 – may, Turkiya Respublikasiga asos solgan ulug‘ dohiy Mustafa Kemal Ataturkni xotirlash, yoshlar va sport bayrami!

Ushbu bayram har yili, 19 – may kuni, Turkiya Respublikasi va Shimoliy Kipr Turk Respublikasining rasmiy bayrami sifatida nisholanadi.

Chunki, Mustafa Kemal Ataturk 1919 - yilning 19 - mayi kuni Bandirma paromi orqali Samsunga yo‘l oldi va Ittifoq kuchlarga qarshi Turk ozodlik kurashi boshlandi.

Xuddi shu kun, keyinchalik, «Yo istiqlol, yo o‘lim!» degan shior bilan olib borilgan Turk ozodlik kurushining boshlanish kuni sifatida ham tarix sahifasidan o‘rin oldi.

Ataturk, mustaqillik va ma’rifat mash’alasini yoqqan bu kunni turk yoshlariga, «Yoshlik va sport bayrami» sifatida tuhfa qildi.

Shu bois ham, «19 – may Ataturkni xotirlash, yoshlar va sport bayrami» butun mamlakat bo‘ylab tantanali ravishda nishonlanib kelmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar