Qizil Armiya xori Bursada konsert berdi

Bursa shahar hokimligi hissasi bilan uyushtirilgan konsert dasturi tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

1718377
Qizil Armiya xori Bursada konsert berdi

 

Taniqli turk san’atkor Xaluk Levent va Rossiya Qizil Armiya xori Bursada konsert berdi.

Bursa shahar hokimligi hissasi bilan uyushtirilgan konsert dasturi Qizil Armiya xor ansamblining sahnaga Turkiya va Rossiya bayroqlari bilan kirib kelishi ortidan boshlandi.

Konsert dasturida avvalo Qizil Armiya xor ansambli tomonidan ikki davlat milliy madhiyasi ijro etildi. So'ngra sahnaga kirib kelgan turk san'atkor Xaluk Levent Qizil Armiya xor ansambli jo’rligida Chanoqqal’a xalq qo'shig'i, Harbiye va Izmir madhiyalarini ijro etdi.

Konsert dasturida Rossiya milliy kuy-qo’shiqlariga ham o’rin berildi. Do’stlik konserti tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.



Aloqador xabarlar