Chavushoʻgʻlu Ukrainadagi “Opillya” muzeyini ziyorat qildi

Mevlut Chavushoʻgʻlu Ukrainadagi “Opillya” muzeyini ziyorat qildi.

1716809
Chavushoʻgʻlu Ukrainadagi “Opillya” muzeyini ziyorat qildi

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu Ukrainadagi “Opillya” muzeyini ziyorat qildi.

Mavlut Chavushoʻgʻlu, Turkiya-Ukraina mushtarak strategik rejalashtirish guruhining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etish uchun borgan Ukrainada, Birinchi Jahon urushi davrida Galisiya jabhasida shahid boʻlgan turk askarlari dafn qilingan Lopushnya va Rohatindagi turk shahidliklari ortidan “Opillya” muzeyini ziyorat qildi.

Chavushoʻgʻlu va Kuleba u yerda muzey haqida batafsil ma’lumot olar ekan ortidan bir-biriga sovgʻalar berishdi. Chavushoʻgʻli unda bergan bayonotida:

“Rasmiy uchrashuvlar ortidan bu ziyoratimiz hammamizni hayajonlantirdi. Shahidlarimiz haqqiga duolar qildik. Ikki mamlakat xalqlari oʻrtasida haqiqiy doʻstlik bor. Bugungi ziyoratimiz va bu muzey doʻstlik va birdamligimizning qanchalar qadimga borib taqalganini yaqqol namoyon etmoqda. Oʻtmishimiz, ajdodimiz va tariximizdan kuch olib kelajak tomon ham birgalikda qadam tashlaymiz”.-degan ifodalarga oʻrin berdi. Chavushoʻgʻlu shuningdek, uchrashuvlarning nihoyatda samarali oʻtganini oʻz soʻziga ilova etdi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Mevlut Chavushoʻgʻlu

Aloqador xabarlar