Turkiyalik arxeologlar 3 ming 500 yillik pechni topishdi

Xajettepa Universiteti arxeologiya fakulteti professori Sevinch Gyunel rahbarligidagi olimlar guruhi Turkiyaning Aydin viloyati Chine shahri yaqinida joylashgan Tepechik qo‘rg‘onida 3 ming 500 yillik pechni topishga muvaffaq bo'lishdi.

1699112
Turkiyalik arxeologlar 3 ming 500 yillik pechni topishdi

 

Turkiyalik arxeologlar mamlakatning Aydin viloyati Chine shahri yaqinida joylashgan Tepechik qo‘rg‘onida 3 ming 500 yillik pechni topishga muvaffaq bo'lishdi.

Bu haqda Daily Sabah nashri xabar berdi.

Xabarga ko'ra, Xajettepa Universiteti arxeologiya fakulteti professori Sevinch Gyunel rahbarligidagi olimlar guruhi ushbu hududda 2004 yildan buyon qazilma ishlarini olib bormoqda. O‘tgan 17 yil mobaynida olimlar uchta minora, buyumlar saqlanayotgan va rasmiy tashriflar uchun mo‘ljallangan xonalar hamda asboblar yasaladigan ustaxonani topishdi. Endi esa ular qadimiy pechni aniqlashdi.

Mutaxassislar pechning atrofida loydan yasalgan xumni topishgan. "Bu shundan guvohlik bermoqdaki, bu yerda yirik ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan", — deydi Gyunel.  

Professorning ta’kidlashicha, ushbu topilma haqida yanada aniqroq ma’lumot yaqin kunlarda beriladi, chunki qazishma ishlari hali davom etmoqda.

Sevinch Gyunel shuningdek, ushbu hudda 7 yarim ming yil mobaynida bir nechta qishloqlar bo‘lgani, arxeologlar qo‘rg‘onda barcha davrlarga tegishli hayot izlarini aniqlashgani haqida ma’lumot berdi. Uning aytishicha, bu yerda qudratli iqtisodiy markaz joylashgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Aydın , #Turkiya

Aloqador xabarlar