TRT World, “Suriyaning Mahbus ayollari: Qiynoqdan qochish” hujjatli filmini namoyish etadi

TRT World, dunyoning to‘rt burchagida murakkab sharoit ostida yashagan mazlum insonlar hikoyalarini oynai jahon ekranlariga olib chiqishni davom etmoqda.

1632907
TRT World, “Suriyaning Mahbus ayollari: Qiynoqdan qochish” hujjatli filmini namoyish etadi

TRT World telekanalining mukofatga sazovor “Off the Grid” deb nomlangan hujjatli film seriali, “Suriyaning Mahbus ayollari: Qiynoqdan qochish” bo‘limi bilan tomoshabinlar e’tiboriga havola qilinadi.

Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi (TRT) tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra Turkiyaning xalqaro axborot platformasi TRT World, dunyoning to‘rt burchagida murakkab sharoit ostida yashagan mazlum insonlar hikoyalarini oynai jahon ekranlariga olib chiqishni davom etmoqda.

Kanalning mukofatga sazovor “Off the Grid” deb nomlangan hujjatli film seriali, Suriya qamoqxonalarida yuz bergan qiynoq va dramalarini qo‘lga olmoqda.

Suriyadagi ichki urushning 10 - yiliga maxsus tayyorlangan “Suriyaning Mahbus ayollari: Qiynoqdan qochish” (Suriye’nin Mahpus Kadınları: İşkenceden Kaçış) deb nomlangan hujjatli filmda, Bashar al - Asad qamoqxonalarida qiynoq ko‘rgan ayollarning qutilish hikoyasi va yangi hayotlar tasvirlangan.

Boshdan kechirganlari haqida TRT Worldga so‘zlab bergan ayollarning aytganlari, urushning millionlab hayotni qanday barbod qilganini har jihatdan namoyish etmoqda.

Off the Grid hujjatli film serialining “Suriyaning mahbus ayollari: Qiynoqdan qochish” bo‘limi, 5 - may haftaning chorshanba kuni Turkiya vaqti iblan soat 16:30 da TRT World kanalida tomoshabinlar e’tiboriga havola qilinadi.  



Aloqador xabarlar