Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi keng nishonlanadi

2022-2023 yillarda buyuk mutafakkir - yirik olim va faylasuf Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi YUNESKO ishtirokida nishonlanadi.

1624277
Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi keng nishonlanadi

 

2022-2023 yillarda buyuk mutafakkir - yirik olim va faylasuf Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi YUNESKO ishtirokida nishonlanadi.

O'zbekiston Turizm va sport vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasi raisi Aziz Abduhakimovning maʼlum qilishicha, YUNESKO Ijroiya kengashi 211-yig‘ilishi doirasida ushbu sanani munosib nishonlashga oid qarorni tasdiqlangan.

Taʼkidlash joizki, ushbu taklif O‘zbekiston tashabbusi bilan Tojikiston, Eron va Turkiya bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan edi. Endi esa mazkur masala joriy yilning noyabrida Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan YUNESKO Bosh anjumani 41-yig‘ilishida tasdiqlash uchun kiritiladi.

Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy 973 yil 4 sentyabr kuni qadimgi Xorazmda tavallud topdi.

Beruniy – ulug‘ o‘zbek mutafakkir olimi, o‘rta asrning buyuk daholaridan biri hisoblanadi. Olim falakiyot, fizika, riyoziyot, ilohiyot, maʼdanshunoslik fanlarini puxta egallagan. Bu fanlar taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi bilan uning nomi dunyo fanining buyuk siymolari qatoridan joy oldi.

O‘z davri ilm-fanining turli sohalariga oid 160 dan ortiq asari, yozishma va tarjimalari qolganligi bizga maʼlum. "Astrologiyaga kirish", "Astronomiya kaliti", "Jonni davolovchi quyosh kitobi", "Ko‘paytirish asoslari", "Foydali savollar va to‘g‘ri javoblar", "Ibn Sino bilan yozishmalar", "Qadimgi yodgorliklar", “Hindiston”, “Geodeziya”, “Saydona”  kabi asarlar shular jumlasidandir.

Buyuk mutafakkir va olim 1048 yil 11 dekabr kuni Afg‘onistonning G‘azna shahrida vafot etgan.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #YUNESKO , #Abu Rayhon Beruniy

Aloqador xabarlar