Istanbulga kelgan britaniyalik aktrisa Islomni qabul qildi

Buyuk Britaniyalik Aisha Rozali Turkiyaga safaridan so‘ng Islom dinini qabul qilib, aktrisalik faoliyatiga nuqta qo‘ydi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda.

1612800
Istanbulga kelgan britaniyalik aktrisa Islomni qabul qildi

 

Buyuk Britaniyalik Aisha Rozali Turkiyaga safaridan so‘ng Islom dinini qabul qilib, aktrisalik faoliyatiga nuqta qo‘ydi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda. 

Istanbulga sayohatidan keyin Islom dinini qabul qilgan Aisha Rozali aslida Buyuk Britaniyada, ateist oilada tug‘ilgan. Uning eng katta orzusi aktrisa yoki rejissyor bo‘lish edi, chunki talabalik davridan boshlab u kinematografiya sohasida ishlagan.

Rozali ko‘plab filmlarda rol ijro etgan, bir qator ssenariylar yozgan va hatto, filmga rejissyorlik qilgan. U Los-Anjelesda ta’lim olgan va bir muncha vaqt AQShda yashagan. 

22 yoshida Rozali Turkiyada kelgan va bu uning hayotida burilish nuqtasi bo‘lgan. Istanbulda, qo‘rquviga qaramay, Sulton Ahmad masjidiga borishga qaror qilgan. G‘arbning Islomga qarshi tashviqoti tufayli u masjidda qo‘pol muomala qilinishidan qo‘rqardi. Biroq, u duch kelgan muhit qizda chuqur taassurot qoldirdi. 

“Men Turkiyaga din izlab kelganim yo‘q. Google’da Istanbulda ko‘rish mumkin bo‘lgan diqqatga sazovor joylarni qidirganimda, Sulton Ahmad masjidini topdim. Men uni ko‘zdan kechirmoqchi bo‘ldim. Biroq, meni qo‘rquv bosdi: to‘satdan ular menga baqirib, g‘azablanishsa-chi? Menda musulmonlar haqida yomon tasavvur bor edi, chunki menda ular haqida faqat ommaviy axborot vositalaridan o‘qiganman. Shunga qaramay, baribir men u yerga borishga qaror qildim. Masjidga kirganimda odamlar jamoat namozini o‘qib bo‘lishgan ekan. Atrofda ibodat qilayotganlar bor edi. Namoz o‘qiyotganlarni tomosha qildim va masjid ichidagi go‘zallik va tinchlikdan hayratlandim. Hech kim menga baqirmadi, hech kim menga zarar bermadi, men shunchaki hayratda qoldim”, -deydi u. 

Rozalining aytishicha, shundan keyin u Islomni jiddiy o‘rganishni boshlagan, so‘ngra Britaniyada musulmon bo‘lishga qaror qilgan. U aktrisa bo‘lish orzusidan ham voz kechgan.

Endigina 24 yoshni kutib olgan Rozali o‘zining YouTube kanalida kuzatuvchilariga Islom dini haqida ma’lumot berib bormoqda.  


Tanlangan kalimalar: #Istanbul , #Islom , #Aisha Rozali

Aloqador xabarlar