Navro'z bayramingiz muborak bo'lsin!

Turkiya ovozi radiosi xodimlari sifatida Sizlarni ulug’ ayyom bilan muborakbod etib, honadoningizga qut-baraka, tinchlik-xotirjamlik, quvonch va shodlik, sihat-salomatlik va farovon hayot tilaymiz!

1605346
Navro'z bayramingiz muborak bo'lsin!

 

Bugun 21-Mart Umumxalq Navro’z bayrami!

Navro’z qadimiy, urf-odatlarga boy milliy bayramdir. Navro’z so’zi fors tilidan olingan bo’lib, “yangi kun” degan ma’noni anglatadi. Navro’z bayrami musulmon olamida yangi yilning boshlanish kuni hisoblanib, har yili 21-mart kuni katta shodiyona sifatida nishonlanadi. Ushbu kunning eng xosiyatli tomoni shundaki, bu kunda kecha bilan kunduz tenglashadi. Bu kunga kelib nafaqat butun borliq uyg’onadi balki, insonlar ham o’zaro ruhan birlashib, bir-biriga mehr-muruvvat ulashadi.

Navro’zi olamni barcha sharq xalqlari qatorida azal-azaldan, ming yillar davomida e’zozlanib kelayotgan, eng qadimiy va eng sevimli, haqiqiy umumxalq bayrami sifatida qadrlaymiz. Mana hozir butun dunyoda bayromona kayfiyat jo'sh urmoqda. Qozonlarda sumalaklar qaynamoqda. Ana shunday ajoyib kunlarda biz ham Turkiya ovozi radiosi xodimlari sifatida Sizlarni ulug’ ayyom bilan muborakbod etib, Sizlarga, barcha yaqinlaringizga quvonch va shodlik, tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik, farovon hayot tilaymiz. Navro'z sizga xursandchilik, quvonch, baxt-omad keltirsin. Yana bir bor Navro'z bayramingiz muborak bo'lsin!


Tanlangan kalimalar: #Navro'z

Aloqador xabarlar