Ayasofiya jome’ masjidi 86 yil ortidan 24 – iyul kuni ibodatga ochiladi

Yaqindagina, 10 – iyuli kuni Turkiya davlat kengashi (Daniştay), Ayasofiyani jome’ masjididan muzeyga aylantirish haqidagi Vazirlar kengashi qarorini bekor qilar ekan bu orqali Ayasofiyada ibodat qilish imkoni tug‘ilgandi.

1457123
Ayasofiya jome’ masjidi 86 yil ortidan 24 – iyul kuni ibodatga ochiladi

Ayasofiya jome’ masjidi 86 yil ortidan 24 – iyul kuni ibodatga ochiladi.

Jome’ masjidining takror ibodatga ochilishidan oldin Qur’on – i Karim, ortidan esa namoz o‘qiladi.

Juma namozida, jome’ masjidi ichiga yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasiga qarshi chora va tadbirlar tufayli sanoqli kishigina kiritiladi. Namozni Din Ishlari boshqarmasi rahbari Ali Akbashning o‘qitishi kutilmoqda.   

Jome’ masjidining tashqarisida esa, ijtimoiy masofa qoidalariga amal qilgan holda namoz o‘qish mumkin.

Yurttoshlar Sulton Ahmad maydonida ham ibodatlarini ado etishi mumkin. Maydonga kelgan fuqarolar uchun niqob, dezinfektsiyalash vositasi va ibodat gilamchasi tarqatiladi.

Istanbul shahar hokimligi tomonidan tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda, ochilish kuni olinadigan tadbirlar ham aniqlab olindi. Unga ko‘ra 24 – iyulda Sultonahmad maydoni va atrofi xavfsizlik chora  - tadbirlari asosida bekitiladi. Ko‘chalardan transportning o‘tishiga ruxsat berilmaydi, tramvay ishlamaydi. Maydonda esa 17 ming politsiya xodimi xizmat qiladi.   

Aytib o‘tish joizki shu yilning 10 – iyuli kuni Turkiya davlat kengashi (Daniştay), 1934 – yilning 24 – noyabri kuni qabul qilingan va Ayasofiyani jome’ masjididan muzeyga aylantirish haqidagi Vazirlar kengashi qarorini bekor qilar ekan bu orqali Ayasofiyada ibodat qilish imkoni tug‘ilgandi.   

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an,

“Tayyorgarliklarni tez kunda tamomlab, 2020 – yilning 24 – iyuli, haftaning juma kuni, juma namozi bilan Ayasofiyani ibodatga ochishni rejalashtirmoqdamiz” degandi.

 



Aloqador xabarlar