Musulmon olami Qutlug’ Ramazon oyini shodiyonalik bilan kutib oldi

Kecha Makkayu Madinadan Moskvaga, Yevropadan Avstraliyagacha millionlab musulmon, birinchi tarovih namozini o’qish uchun jome’ masjidlariga borib, dunyo tinchligi uchun duo qildi.

740587
Musulmon olami Qutlug’ Ramazon oyini shodiyonalik bilan kutib oldi

Butun musulmon olami Qutlug’ Ramazon oyini shodiyonalik bilan kutib oldi.   

Shu doirada kecha Makkayu Madinadan Moskvaga, Yevropadan Avstraliyagacha millionlab musulmon, birinchi tarovih namozini o’qish uchun jome’ masjidlariga borib, dunyo tinchligi uchun duo qildi.

Makka shahrining Al-Harom jome’ masjidini to’ldirgan yuz minglab musulmon Ramazon oyining birinchi tarovih namozida ishtirok etdi.

Musulmonlarning birinchi qiblasi hisoblangan Al-Aqsada o’rin olgan Quddusta ham bu yilgi Ramazon oyining birinchi tarovih namozi o’qildi.  

Bolqonlardagi Usmoniy merosini davom ettirishga harakat qilgan musulmonlar ham jome’ masjidlariga borib, tarovih namozi o’qidi.  

Bir necha yildan beri ichki urush davom etayotgan Iroq va Suriya esa Ramazon oyini g’amgin kutib oldi.

 

 



Aloqador xabarlar