Xitoyda 62.4 sm uzunlikda g'aroyib hasharot topildi

Guangshi Cuang Avtonom mintaqasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar paytida topilgan hasharot dunyodagi eng uzun hasharot sifatida qaydga olindi.

485378
Xitoyda 62.4 sm uzunlikda g'aroyib hasharot topildi

Xitoyda 62.4 sm uzunlikda g'aroyib hasharot topildi.

2014 yili mamlakat janubida joylashgan Guangshi Cuang Avtonom mintaqasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar paytida topilgan hasharot dunyodagi eng uzun hasharot sifatida qaydga olindi.

Hasharotlar ustida ilmiy ish olib borgan Cao Li ismli tadqiqotchi 62.4 sm kattaligidagi hasharotni hududda 1200 metr balandlikdagi tog’liq hududdan topishga muvaffaq bo’lgan.

Mutahassislarning aytishicha, 2008 yilda ham Malayziyada bunga o’xshash 56.7 sm kattaligida ulkan hasharot topilgan edi.

Bu hasharot hozirda Londondagi Tabiat muzeyida saqlanmoqda.

"Phryganistria chinensis Cao" deb nomlangan hasharot haqida yaqinda ilmiy maqola chop etiladi.

 



Aloqador xabarlar