Yubileyga munosib tuhfa...

O`zbekistonda “Mumtoz ijod saboqlari” nomli yangi risola chop etildi.

472952
Yubileyga munosib tuhfa...

O`zbekistonda “Mumtoz ijod saboqlari" nomli yangi risola chop etildi.

“Akademnashr" nashriyotida bosib chiqarilgan ushbu ilmiy asar mashhur adabiyotshunos olim, filalogiya fanlari doktori To`raev Damin To`rayevich qalaminga mansub.



Mazkur kitobda XX asr o`zbek adabiyotining yirik namoyandalari G'afur G'ulom, Oybek. Abdulla Qahhor, Hamid Olimjon va Zulfiya ijodiga xos muhim hususiyatlar tahlil qilingan.

Muallif ushbu ulug` adiblarning asarlariga yangicha talqin asosida yondashish, mohirona usulda o`z firk-mulohazalarini bildirgan.

Shuni alohida ta`kidlash lozimki, 1936 yili tavallud topgan Damin To`raev bu yil o`zining 80 yoshini nishonlamoqda.

Olimning yangi kitobi u hanuzgacha ilm sohasida samarali faoliyat ko`rsatayotganidan, bu borada ajdodlar merosini kelajak avlodga yetkazish sohasida tinim bilmay mehnat qilayotganidan dalolat beradi.

Shu kungacha qator ilmiy asar va risolalar yozgan ustoz yangi “Mumtoz ijod saboqlari" bilan o`zining ilmiy merosini yanada boyitdi, mustahkamladi.

Yangi asar yubileyga – ushbu olimning shogirdlari, muhlislari va qolaversa, keng adabiyotshunoslar ommasiga munosib tuhfa bo`ldi.



Aloqador xabarlar