Kun tahlili-19

ISROIL RAFAHDA QIRGINGA TAYYORLANMOQDA.

2137608
Kun tahlili-19

 

Misr va Qatar vositachiligida uzoq vaqtdan beri davom etayotgan sulh muzokaralaridan so'ng, Hamas otashkesim kelishuvini qabul qilganini e'lon qildi. Ushbu bayonotdan so’ng xalqaro hamjamiyat oʻt ochishni toʻxtatishni kutar ekan, Netanyaxu nima boʻlishidan qatʼiy nazar Rafahga hujumni davom ettirishini ma’lum qildi. Bu esa, Isroilning niyatini yana bir bor namoyon qildi. Isroil quruqlikdan va havodan Rafahni nishonga olishga kirishar ekan, Netanyaxu tinchlikni emas, balki G‘azoni butunlay yo‘q qilish niyatini ko’rsatdi. 

Isroil 7 oktyabrdan beri G'azoga shafqatsizlarcha hujum qilishda davom etmoqda. Hujumlarda hozirgacha 35 mingdan ortiq odam hayotdan ko'z yumdi, Isroil ayollar va bolalarni, tinch aholini beg'araz qirg'in qilmoqda. Bosqin boshlangandan shu kungacha Isroilning maqsadi, G'azoni bombardimon qilib, u yerni yashash uchun yaroqsiz holga keltirishdir. Ortidan xalqni Misrning Sinay yarim oroliga haydash edi. Bu doirada G’azoning Rafah hududi ham Isroil tomonidan nishonga olindi.

Rafah G'azoning Misr bilan chegaradosh hududi bo'lib, u chegara darvozasini ham o'z ichiga oladi. Aslida, bu G'azoning Isroil blokadasiga qarshi dunyoga ochilgan qisman eshigi edi. Xalqaro yordamlar ham bu yerdan olib o’tildi.  Qolaversa, bir yarim milliondan ortiq g’azolik Isroilning asta-sekin kuchayib borayotgan ishg’ol va qirg’inlariga qarshi Rafah mintaqasidan boshpana topdi. Endi Isroil Rafahni ham nishonga olib, yana ham vayronkor qirg'inga tayyorlanmoqda.

HAMAS uzoq vaqtdan beri Misr va Qatar vositachiligida davom etayotgan sulh muzokaralariga ijobiy yondashib, kelishuv shartlarini qabul qilganini xalqaro jamoatchilikka e’lon qilgan bir paytda, Isroil bu kelishuvni tan olmasligini e'lon qilib, Rafahga hujum qila boshladi.

Quruqlikdan va havodan hujum qilgan Isroil armiyasining zirhli texnikasi Rafah chegara postini ham ishg'ol qildi. Shunday qilib, Misrdan kelayotgan yordamlar to’xtadi. Refahga hujumlarning kuchayishi o'n minglab odamlarning hayotdan ko'z yumishiga sabab bo'ladi.

Axir, juda tor hududda bir yarim million odam bor, Isroil ataylab Rafahni nishonga olib, g‘azoliklarni Misr va Sinay yarim oroliga surgun qilmoqchi. Bu ommaviy surgun va genotsidga urinishdir. Hatto, AQSh kabi Isroilni so'zsiz qo'llab-quvvatlaydigan davlatlar ham G'azoga hujumlarni to'xtatish uchun Netanyaxuga bosim o'tkazmoqchi, ammo Isroil va Netanyaxuning vazirlar mahkamasi qirg'inni davom ettirish niyatida ko'rinadi. 

Ayrim davlatlar, ayniqsa Turkiya urushni to’xtatish uchun katta sa'y-harakatlar qilgan bo'lsa-da, afsuski, Isroilni to’xtata oladigan tenglamani yarata olmadi. Hatto, butun dunyo bo'ylab vijdonli insonlar harakatga tushib, namoyishlar o'tkazishi ham Isroilni to'xtata olmadi. Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan aytganidek, Isroilni hatto kuch bilan bo’lsa ham toʻxtatish kerak.

 

                                                                                                      Muallif: SETA tashkilotining tashqi siyosat bo’yicha mas’ul vakili, tadqiqotchi Jan Ajun.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #G'azo , #Turkiya

Aloqador xabarlar