Kun tahliki 43- qism

Turkiya, mamlakat yuzasidan Iroq va Suriyagacha bo'lgan chuqurlikda SİHA operatsiyalarini amalga oshirishda davom etmoqda.

1847386
Kun tahliki 43- qism

 

MIT va SİHA operatsiyalari salohiyatini oshirish

 Turkiya, mamlakat yuzasidan Iroq va Suriyagacha bo'lgan chuqurlikda SİHA operatsiyalarini amalga oshirishda davom etmoqda. Nihoyat Sinjar va Sulaymoniya shaharlarida olib borilgan amaliyotlarda terror tashkiloti PKKning yuqori martabali deb atalgan ko'plab xodimlari  yo’q qilindi. Turkiya razvedka boshqarmasi MITning tegishli sohalardagi salohiyati diqqatni tortgan bo‘lsa, texnik imkoniyatlarining qanchalik rivojlanganligi  katta ahamiyat kasb etmoqda.

SETA / Tashqi siyosat tadqiqotchisi Jan AJUNning ushbu mavzu bo'yicha  fikr va mulohazasini  taqdim etamiz...

7-iyun kuni Iroqning Kurd mintaqasidagi Sulaymoniyaning Kelar qishlog‘ida SİHAlar tomonidan yer usti transporti nishonga olindi. Mahalliy manbalar, avtomobildagi 5 kishining halok bo'lganini ma'lum qildi. Bir muncha vaqt o'tgach, avtomobildagi ismlarning PKK terror tashkiloti a'zolari ekanligi va ulardan biri Ferhad Derik ekanligi ma'lum qilindi.Derik "Shimoliy va Sharqiy Suriya"ning so'zda hamraisi bo'lgan muhim ism edi. Muxtoriyat boshqaruvi” ijroiya kengashi, terror tashkiloti PKKning Suriya tashkiloti. Derikning boshqa 4 PKK terroristi bilan birgalikda tashkiliy faoliyat uchun Sulaymoniya qishlog'ida bo'lganligi taxmin qilinmoqda.

Derik Suriyadan uzoqda, Sulaymoniya qishlog'ida qanday aniqlangani va qanday nishonga olingani diqqatga sazovordir. Ayniqsa, Turk razvedka boshqarmasi MIT tomonidan ishlab chiqilgan salohiyatni tushunish nuqtai nazaridan. Tegishli terror unsurlarini Suriyadan Iroqgacha kuzatib borish mumkinligini, buning endilikda ham insoniy, ham texnik imkoniyatlar nuqtai nazaridan imkoni borligini va Turkiya chegara chizig'idan deyarli 300 km uzoqlikda harakatlanayotgan vositani yo'q qilish mumkinligini ko'rsatadi. Turkiya so'nggi yillarda haqiqatan ham MITga katta sarmoya kiritdi va bu uni global miqyosda vakolatli va muhim tashkilotga aylantirdi. Katta qiyinchiliklarga duch kelgan MIT yangi voqeliklarga moslashib, ham inson resurslari, ham texnik imkoniyatlar nuqtai nazaridan o'zini rivojlantirishi so'roq ostida. Albatta, Turkiya mudofaa sanoatining so‘nggi yillarda rivojlanishi MITni qo‘llab-quvvatlovchi masaladir. Turkiyaning dunyoda, ayniqsa SİHA sohasida etakchi o'rni, MITning tegishli kuzatish, razvedka va nishonga olish qobiliyatiga multiplikativ ta'sir ko'rsatadi. Bu ta’sirni so’nggi oylarda Iroq va Suriyada olib borilgan o’nlab SİHA operatsiyalarida va terror tashkiloti PKKning ta’sirsiz holga keltirilgan yuqori martabali rahbarlarida ham ko’rish mumkin.

Biz SETA / Tashqi siyosat tadqiqotchisi Jan AJUNning ushbu mavzu bo'yicha fikr va mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 


Tanlangan kalimalar: #Sinjar , #PKK , #SIHA , #MIT

Aloqador xabarlar