Liviya xalqi uchun siyosatchilarining ideologik ko‘z qarashi ikkinchi o‘rinda

Kun tahlili - 68

1626613
Liviya xalqi uchun siyosatchilarining ideologik ko‘z qarashi ikkinchi o‘rinda

Liviya Milliy birlik hukumati (MBH) Bosh vaziri Abdulhamid Dibayba o‘z vazifasini boshlaganidan beri ham shaxsining ham da hukumat va davlat rasmiylarining (Prezidentlik kengashi doxil) bugungi kunga qadargi eng martabali tashrifini shu yilning 12 - apreli kuni poytaxt Anqaraga uyushtirdi. Dibayba o‘zi bilan birga 14 nafar vazirini ham Anqaraga olib keldi. Turkiya - Liviya Oliy darajali strategik hamkorlik kengashining ilk yig‘ilishi ham keng ko‘lamli yo‘lga qo‘yildi. Yig‘ilish yakunida hukumatlar o‘rtasida muhim 5 ta shartnoma imzolandi.

Tashrifning eng avvalo ramziy ma’nosi bor. Dibayba Bosh vazir bo‘lgan 2021 - yilning 5 - fevralidan e’tiboran ham Dibayba ham da Prezidentlik kengashi rahbari Muhammad Yunus al - Manafiy, dunyoning ko‘plab mamlakatining hukumat va davlat rahbarlari bilan xalqaro tashkilotlarning tabrik va qo‘llab - quvvatlash mazmunidagi so‘zlarini eshitishga muyassar bo‘ldi. Ushbu tabrik va qo‘llab - quvvatlash mazmunidagi so‘zlar ortidan ko‘plab tashriflar amalga oshirildi. Shu doirada ham Dibayba ham da Manafiy chet el poytaxtlariga tashrif uyushtirar ekan ayni vaqtda o‘zlari ham Tripolida bir necha chet ellik hay’at va mehmonlarni kuzatdi.  

Liviya Milliy birlik hukumati (MBH) uzoq davom etgan to‘qnashuv muhitidan keyin Liviyadagi yakkalashlarni bartaraf qilgan, qonuniylikka ega tuzilish sifatida o‘rtaga chiqqani bois bugungi kunda Liviyaga aralashgan tomonlarning hammasi qandaydir bir tarzda Milliy Birlik hukumati bilan aloqa o‘rnatishga urinmoqda. Bularga Xafterni qo‘llab - quvvatlash orqali Milliy Birlik hukumatining yo‘l ko‘rsatuvchisi bo‘lgan Milliy kelishuv hukumatini to‘ntarishga tashabbus qilgan Birlashgan Arab Amirliklari (BAA), Misr, Rossiya va Fransiya ham doxildir.

Faqatgina mavjud tomonlar emas kalajakda Liviyadan foyda kutgan barcha tomon bir amallab Milliy Birlik hukumati bilan aloqa o‘rnatib, yaxshi munosabatlar yo‘lga qo‘yib, unga ma’lum darajada ta’sir qila olish va kelajakda Liviyadan imtiyozlar qo‘lga kiritish payida. Huddi shunday bir davrda, huddi shunday bir muhitda Dibayba va Milliy Birlik hukumati bugungi kunga qadargi eng martabali tashrifini Anqaraga uyushtirdi. Bu orqali Turkiya Liviyaga aralashgan tomonlar qatoridan deyarli “tenglar orasidagi birinchi” roliga olib kelinmoqda.

Tashrifning eng muhim xususiyatlaridan biri ko‘pchilik vazirdan tashkil topgan bir hay’at bilan amalga oshirilishidir. Milliy Birlik hukumati vazirlar kengashi Bosh vazir Dibayba tomonidan mamlakatdagi shahar va mintaqa kabi ko‘p turli muvozanatni nazorat qilish yo‘li orqali tuzilgan murosali kengashdir. Texnokratiya jihati yuqori bo‘lgan hukumatning asosiy vazifasi shu yilning 24 - dekabri kuni mamlakatda saylov o‘tkazilishini ta’minlovchi tayyorgarliklarni ko‘rish, bo‘lingan va raqobat ichidagi tashkilotlar bilan organlarni birlashtirib va nihoyat bu jarayonda xalqqa hizmat qilishdir. Liviya 2011 - yildan beri o‘rnatilmagan kuchli hokimiyat, 2014 - yildan keyingi Xafter boshlatgan ichki urush, 2019 - yili yana Xafterning Tripoli hujmi va yomon boshqaruv tizimi yuzasidan bugungi kunda sog‘likni saqlash, ta’lim - tarbiya, infratuzilma, xavfsizlik kabi har bir tarmoqda jiddiy muammolarga duch kelmoqdadir. Liviya xalqi uchun siyosatchilarning ideologik ko‘z qarashlariga qaraganda ko‘proq ularning kundalik turmush sharoitlarini minimal darajada bo‘lsa ham yaxshilaydigan xizmatlarni bera olishidir.   

Shu bois Dibayba yetakchilik qilgan Milliy Birlik hukumati amaliy darajada xalqning kundalik hayot sharoitini yaxshilaydigan yo‘l izlab topishi darkor. Bu tashrif chog‘ida faqatgina Dibayba va yaqin xodimlarining emas ayni vaqtda 14 nafar ijrochi vazirning ham unga hamrohlik qilishi, har bir ijrochi vazirning turk kasbdoshlari bilan uchrashuvlar amalga oshirib, tanishishi bundan buyon amalga oshiriladigan amaliy hamkorliklar uchun zamin tayyorlash maqsadiga xizmat qiladi. Shu doirada Tashqi Ishlar, Sanoat, Ta’lim - tarbiya, Ichki Ishlar, Atrof - muhit, Mahalliy boshqaruv, Turar - joy, Savdo, G‘aznachilik va moliya shuningdek Energiya vazirlari uchrashdi. Liviya Mudofaa vazirligining ishonchli vakili xizmatini ham bajargan Bosh vazir Dibayba Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar bilan ham uchrashuv amalga oshirdi.    

Tashrif yakunida Turkiya bilan Liviya o‘rtasida qo‘l qo‘yilgan eng muhim shartnomalardan biri, Liviyada bir turk shirkati tomonidan quriladigan uchta elektr stantsiyasidir. Liviyada ham to‘ntarish chog‘ida ham da ichki urush davrida ko‘plab infratuzilmaga ziyon yetdi va bunga qo‘shimcha sifatida elektr stantsiyalari ham yomon yetakchilik, poymol va e’tiborsizlik kabi sabablar bilan foydalanishdan chiqdi. Bugungi kunda Liviya xalqining hayot sharoitiga salbiy ta’sir qilgan eng yirik muammolardan biri elektr energiyasidagi uzluksiz buzilishlardir. Quriladigan elektr stansiyalari, Liviyadagi elektr energiyasi ishlab chiqarish va talab qilingan xizmatga javob berolmagan muammolarning hal qilinishiga katta hissa qo‘shadi. Bu faqatgina mauammoni hal qilish yo‘llarining boshlang‘ichi bo‘ladi. Buni boshqa sohalardagi hamkorlik, tajriba almashish va salohiyatni oshirish masalalari kuzatadi.  

Siyosiy - strategik nuqtada Liviyadagi yangi hukumat Turkiyaning muhim tomonlardan biri ekanini va bu o‘rnining boshqa xalqaro tomonlar tomonidan ham qabul qilinganidan xabardor. Yevropa davlatlari va AQSh, Turkiyasiz mavjud tinchlik va siyosiy jarayonini davom ettirish murakkab degan fikrda. Liviya hukumati Turkiyani bu strategik nuqtaga joylashtirib bo‘ldi. Tashrif esa buning aniq isbotidek aks etdi, aks etishi kerak.  

 


Tanlangan kalimalar: #Liviya , #Dibayba

Aloqador xabarlar