Kun tahlili 01- qism

2011 yilda "Arab bahori" tomonidan yaratilgan Liviyada Muammar Qaddafiyga qarshi qo'zg'olon boshlanganda, Fransiya kabi davlatlar vaziyatdan foydalanib, harbiy aralashuvni boshladilar.

1333586
Kun tahlili 01- qism

 

2011 yilda "Arab bahori" tomonidan yaratilgan Liviyada Muammar Qaddafiyga qarshi qo'zg'olon boshlanganda, Fransiya kabi davlatlar vaziyatdan foydalanib, harbiy aralashuvni boshladilar va keyinchalik NATOning aralashuvi bilan Tripolida joylashgan bir ma'muriyat tashkil etilgan edi.

Ammo, boshqa misollar singari, Liviyada siyosiy, iqtisodiy va harbiy barqarorlikka erisha olmadi, Shimoliy Afrikaning boy energiya manbalari va geosiyosiy joylashuvi ko'plab mamlakatlarning ishtahasini qo'zg'adi, Ko'rfaz mamlakatlari esa muvaffaqiyatli demokratik  bir rejimning o'rnatilishidan xavotirda edi.

SETAdan Tadqiqotchi  Muallif Jan AJUNning mavzuga doir fikr va mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz…

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qonuniy tuzilma sifatida belgilangan milliy yarashuv hukumati o'z manfaatlariga xizmat qilmaydi  deb hisoblagan ayrim davlatlar ayniqsa Birlashgan Arab Amirliklari, Misr va Fransiya davlatni  to'ntarishiga boshchilik qilib Hafterni  himoya qildilar. Faqat ularning  qilgan rejalari amalga oshmagandan keyin  Tobrukda  Tripoliga muqobil ma'muriyatni qo'llab-quvvatlab va Mistara va Sirte kabi shaharlarni o'z nazoratiga olish orqali ular mamlakatda defekto hukmronligini qo'lga kiritdilar.

 AQSh Prezidenti Trumpni Hafterni  himoya qilishi uchun BAA va Saudiya Arabiston lobbilari orqali qo'llab-quvvatlashga ishontirgan ushbu koalitsiya,  General Haferga  bergan  barcha harbiy yordamlar  va hatto to'g'ridan-to'g'ri urushga  ishtirok etganiga qaramay poytaxtni egallab ololmaganligi sababli boshqar o’zgarishlar bo’ladi.   Ushbu bo’shlikdan foydalangan Rossiya, maxsus  pulli  armiyasi  bo’lgan Vagnerni mamlakatga yo’llab   Hafter safida to'qnashuvlarga  ishtirok etishga boshladilar.

Turkiya esa Liviyada harbiy aralashuvga  boshdan beri qarshi edi,  Fransiyaning ushbu  aralashuviga qarshi muvozanatni ta’min etish uchun  masalaga aralashdi. Tripolida joylashgan hukumatni qo’llab- quvvatladi. Liviyada boshqa  mamlakatlarga o’rnak bo’ladigan bir ma’muriyat tashkil etish uchun yordam berishga boshladi. Milliy yarashuv hukumati bilan hamkorlikda  faoliyat  olib borib o’z tajribalarini Liviyaga yetkazishga harakat qiladi. Hafterni  qo’llab- quvvatlagan koalitsiya, harbiy operatsiya boshlaganda esa Tripoli hukumatini harbiy jihatdan himoya qilishga boshladi.

Turkiya jihatidan tarixiy  bir o’tmishi bo’lgan zamonaviy davrda birinchi o’rinda pudratchilik xizmatlari bilan bir qatorda, savdo hajmi jiddiy saviyada o’sgan Liviyada Ayniqsa Sharqiy o’rta yer dengiz geosiyosiy  jihatidan ham Turkiya  uchun  hayoti ahamiyatga ega bir o’lka hisoblanadi.  

Turkiya bu jihatdan Liviya bilan dengiz salohiyatini cheklash bo’yicha bitim imzolab Sharqiy o’rta yer dengizda kuchayar ekan,  bir tomondan harbiy hamkorlik shartnomasi  tuzib amalga oshirmoqda.  Liviyadagi qonuniy Tripoli hukumatini  Hafter tarafdori koalitsiyaga qarshi himoya qilishda qarorli ekanini ko’rsatdi. Turkiya oldin   ham Liviyada bir harbiy yechim uslubini ma’lum qilsa ham ittifoqdosh Tripoli hukumatini  Hafter koalitsiyasiga qarshi  harbiy muvozanatni ta’min etish uchun  siyosiy  bir yechim ehtimoli borligining farqida.        

SETAdanTadqiqotchi va Muallif Jan AJUNning mavzuga doir fikr va mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.

 



Aloqador xabarlar