Turkiyadan G‘azoga yuborilgan insonparvarlik yordami Misrga yetib bordi

Mersin portidan 16 – aprel kuni yo‘lga chiqqan va Turk Qizil yarim oy jamiyati tomonidan turli insonparvarlik yordam ashyolari bilan to‘ldirilgan kema, O‘rta Yer dengizidagi safarini yakunlamoqda.

2129448
Turkiyadan G‘azoga yuborilgan insonparvarlik yordami Misrga yetib bordi

Turkiyadan G‘azoga yuborilgan insonparvarlik yordamini tashigan to‘qqizinchi kema, Misrga yetib bordi.

Mersin portidan 16 – aprel kuni yo‘lga chiqqan va Turk Qizil yarim oy jamiyati tomonidan turli insonparvarlik yordam ashyolari bilan to‘ldirilgan kema, O‘rta Yer dengizidagi safarini yakunlamoqda.

Misr qirg‘oqlariga yetib borgan kemaga hozirda yoqilg‘i quyilmoqda. Ortidan Misrning al- Arish portiga boradi.

Bugun kechqurun portga yetib borishi kutilayotgan kemadagi 3 ming 774 tonna insonparvarlik yordam ashyosi, yuk tashuvchi mashinalariga yuklanib, Refah chegara darvozasi orqali G‘azodagi Falastin xalqiga topshiriladi.

Turk Qizil yarim oy jamiyati bilan AFAD hamkorligida bugungacha 13 ta samolyot va 8 ta kema orqali G‘azoga jami 39 ming 697 tonna turli insonparvarlik yordam ashyolari yetkazib berildi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #G‘azo , #insonparvarlik yordami

Aloqador xabarlar