Turk asali dunyoning 38 davlatidan xaridor topdi

Turkiya asal ishlab chiqarish bo‘yicha Xitoydan keyin dunyoda ikkinchi, eksportda esa 16 - o‘rinni egallaydi.

2132617
Turk asali dunyoning 38 davlatidan xaridor topdi

Turk asali yilning birinchi choragida dunyoning 38 davlatidan xaridor topdi.

Sharqiy Qora dengiz eksportchilar uyushmasi ma’lumotlariga ko‘ra Turkiya asal ishlab chiqarish bo‘yicha Xitoydan keyin dunyoda ikkinchi, eksportda esa 16 - o‘rinni egallaydi. Turkiya yilning birinchi choragida 2 ming 133 tonna asal sotdi. Nomi tilga olingan tashqi savdodan 8 million 187 ming 58 dollar daromad oldi.

Turkiya nomi tilga olingan jarayonda eng ko‘p Amerika Qo‘shma Shtatlariga asal sotdi va undan 2 million 477 ming 57 dollar daromad oldi. Undan keyin Germaniya bilan Ispaniyaga asal sotgan Turkiya, Germaniyaga sotgan asaldan 2 million 38 ming 698 dollar, Ispaniyaga sotgan asaldan esa 538 ming 628 dollar daromad oldi.

Bu yilning birinchi choragida 2023 - yilning xuddi shu davridan farqli o‘laroq Turkiya Kanada, Venesuela, Filippin, Chexiya, Fransiya, Albaniya, Nepal, Shveytsariya va Marokashga ham asal sotdi.



Aloqador xabarlar