Turkiyaning hamsi eksportida ortish kuzatildi

Turkiyadan dunyoning turli davlatlariga 577 tonna hamsi eksport qilindi.

2115542
Turkiyaning hamsi eksportida ortish kuzatildi

Joriy 2024 - yilning yanvar - fevral oylarida Turkiyadan yo‘lga qo‘yilgan hamsi (anchous) eksportida o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 35 foizga ortish kuzatildi. Qo‘lga kiritilgan daromad esa 2 million 119 ming 836 dollarga yetdi.

Mamlakatda 2 oy ichida 577 tonna hamsi eksport qilindi.

Nomi tilga olingan eksportdan 2 million 119 ming 836 dollar daromad olindi.

O‘tgan yili ikki oy ichida 303 tonna hamsi eksport qilinar ekan undan, 1 million 569 ming 373 dollar daromad olingan edi.

Turkiya bu yilgi hamsi eksportini eng ko‘p Belgiya, Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) va Fransiyaga yo‘lga qo‘ydi.

Shu doirada Belgiyaga 524 ming 936, Amerika Qo‘shma Shtatlariga 401 ming 109, Fransiyaga 368 ming 287 dollarlik hamsi sotildi.

O‘tgan yilning xuddi shu davridan farqli o‘laroq bu yil Niderlandiya, Italiya, Gretsiya, Ruminiya, Dubay va Iroqqa ham hamsi eksport qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #hamsi , #eksport

Aloqador xabarlar