Turkiya 29 davlatga 1256 tonna asal eksport qildi

Turkiyada ikki oylik asal eksportidan tushgan daromad 5,1 million dollarni tashkil etdi.

2114365
Turkiya 29 davlatga 1256 tonna asal eksport qildi

 

Turkiyada ikki oylik asal eksportidan tushgan daromad 5,1 million dollarni tashkil etdi.

Bu haqda Sharqiy Qoradengiz eksportchilar uyushmasi raisi Saffet Kalyonju ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, joriy yilning dastlabki ikki oyida Turkiyadan 29 davlatga asal eksport qilingan. Yanvar-fevral davrida asal eksporti 1256 tonnaga yetgan. Bu eksportdan 5 million 179 ming 996 dollar daromad olingan.

Bu davrda Amerika Qo'shma Shtatlari, Germaniya va Buyuk Britaniya Turkiyadan eng ko'p asal eksport qilgan uch davlat bo'ldi.

"Asal eksportimiz bo'yicha AQSh 1 million 944 ming 149 dollar bilan birinchi o'rinni egalladi. AQShdan keyin 1 million 73 ming 904 dollar bilan Germaniya va 265 ming 531 dollar bilan Buyuk Britaniya keyingi o'rinni egalladi. O'tgan yilning shu davridan farqli ravishda Ozarbayjon, Kanada, Ummon, Malayziya, Makedoniya, Fransiya, Venesuela, Shveytsariya va Livanga ham asal eksport qilindi",- dedi .


Tanlangan kalimalar: #eksport , #asal , #Turkiya

Aloqador xabarlar