Turkiyada sanoat ishlab chiqarish hajmi 1,1 foiz ortdi

Bu haqda Turkiya Statistika tashkiloti (TUIK) sanoat ishlab chiqarish indeksi ma'lumotlarida qayd etildi.

2114143
Turkiyada sanoat ishlab chiqarish hajmi 1,1 foiz ortdi

 

Turkiyada sanoat ishlab chiqarish hajmi yanvar oyida o'tgan yilning shu davriga nisbatan 1,1 foiz ortdi.

Bu haqda Turkiya Statistika tashkiloti (TUIK) sanoat ishlab chiqarish indeksi ma'lumotlarida qayd etildi.

Bunga ko'ra, o‘sishning yetakchi ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lgan sanoat ishlab chiqarishi yanvar oyida ham davom etdi.

Sanoat ishlab chiqarishining o'sish tendentsiyasi 2023 yil aprel oyidan beri davom etib, yillik o'sish 1,1 foizni tashkil etdi.

Yanvar oyida tog'-kon sanoati va konchilik sektori indeksi o'tgan yilning shu oyiga nisbatan 4,9 foiz, ishlab chiqarish sanoati indeksi 0,4 foiz, elektr, gaz, bug' va  konditsionerlash va tarqatish sektori indeksi esa 8,4 foizga o'sdi.

Sanoat ishlab chiqarishi oylik miqyosda o'zgarishsiz qoldi.

Indeks dekabr oyida oylik 2,8 foiz va yillik o'sish 2,3 foizni tashkil etdi.


Tanlangan kalimalar: #sanoat , #Turkiya

Aloqador xabarlar