Turkiya - Iroq neft quvur liniyasi ishga tushmoqda

Energetika va tabiiy manbalar vaziri Alparslan Bayraktar, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) poytaxti Abu Dabida uyushtirilgan Xalqaro neft yarmarkasi va konferensiyasining ochilishida so‘zga chiqdi.

2045049
Turkiya - Iroq neft quvur liniyasi ishga tushmoqda

Turkiya - Iroq neft quvur liniyasi hafta ichida ishga tushadi.

Energetika va tabiiy manbalar vaziri Alparslan Bayraktar, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) poytaxti Abu Dabida uyushtirilgan Xalqaro neft yarmarkasi va konferensiyasining ochilishida so‘zga chiqdi.

Iroq - Turkiya neft quvuri haqida ma’lumot bergan Alparslan Bayraktar, 6 - fevral kuni sodir bo‘lgan va o‘chog‘i Kahramanmarash deb qayd etilgan yer silkinishi va suv toshqinlari tufayli ziyon ko‘rgan liniyaning foydalanishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Energetika va tabiiy manbalar vaziri Bayraktar:

“Bu hafta ichida Iroq - Turkiya quvurini ishga tushiramiz va jahon bozoriga kuniga yarim million barrel neft yetkazib beramiz”. - dedi.



Aloqador xabarlar