Turkiya joriy yilda 102 davlatga choy eksport qildi

Turkiyada joriy yilning yanvar-aprel davrida choy eksportidan tushgan daromadi 10 million 461 ming 225 dollarni tashkil qildi.

2138987
Turkiya joriy yilda 102 davlatga choy eksport qildi

 

Turkiyada joriy yilning yanvar-aprel davrida choy eksportidan tushgan daromadi 10 million 461 ming 225 dollarni tashkil qildi.

Bu haqda Sharqiy Qoradengiz eksportchilar uyushmasi boshqaruv kengashi raisi o'rinbosari va Choy sektori qo'mitasi raisi Shaban Turgut ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, joriy yilning dastlabki 4 oyida Turkiyadan 102 davlatga choy eksport qilingan.

Ushbu davrda 2 ming 219 tonna choy eksport qilingan bo’lib, undan tushgan daromad 10 million 461 ming 225 dollarni tashkil qildi.

Bu davrda eng ko'p choy eksport qilingan davlatlar Belgiya, Buyuk Britaniya va Amerika Qo'shma Shtatlari bo’ldi.


Tanlangan kalimalar: #eksport , #Turkiya

Aloqador xabarlar