Turkiya tuzlangan bodring eksportidan 300 million dollar daromad oldi

Turkiya tuzlangan bodring eksportidan yilning atigi 11 oyida 300 million dollar daromad oldi.

1751739
Turkiya tuzlangan bodring eksportidan 300 million dollar daromad oldi

Turkiyadan yilning 11 oyida yo‘lga qo‘yilgan tuzlangan bodring eksporti daromadi 300 million dollarga yetdi. 

Egey Eksportchilar uyushmasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Turkiya, 2021-yili dunyoning 129 davlatiga tuzlangan bodring eksport qilgan.

Bayonotda fikriga o‘rin berilgan Egey Yangi meva va sabzavot eksportchilari uyushmasi rahbari Hayrettin Uchak, bu yil yanvar oyidan noyabr oyigacha tuzlangan bodring eksportida o‘tgan yilning huddi shu davriga nisbatan 12 foizlik ortish qayd etilgani va daromadning 268 million dollardan 300 million dollarga yetganini bildirdi.

2021-yilning yanvar oyidan noyabr oyigacha Germaniya Turkiyadan 76 million dollarlik tuzlangan bodring eksport qilish orqali bu borada rekord o‘rnatdi.  

Turkiyadan Niderlandiya 47 million dollarlik, AQSh esa 32 million dollarlik tuzlangan bodring xarid qilib oldi. Bundan tashqari Britaniya 25 million dollarlik, Ruminiya esa 11 million dollarlik tuzlangan bodring xarid qildi.



Aloqador xabarlar