Turkiya Qozogʻistondagi investitsiyalarni eng koʻp orttirgan uchinchi davlat deb topildi

Turkiya Amerika Qoʻshma Shtatlari va Shveytsariyadan keyin Qozogʻistondagi investitsiyalarni eng koʻp orttirgan uchinchi davlatga aylandi.

1716837
Turkiya Qozogʻistondagi investitsiyalarni eng koʻp orttirgan uchinchi davlat deb topildi

Turkiyaning Amerika Qoʻshma Shtatlari va Shveytsariyadan keyin Qozogʻistondagi investitsiyalarni eng koʻp orttirgan uchinchi davlat ekani qayd etildi.   

Qozogʻiston Milliy banki ma’lumotlariga koʻra, joriy yilning birinchi yarmida mamlakatga toʻgʻridan-toʻgʻri kiritilgan chet el investitsiyalar nisbati, 2020-yilning huddi shu davriga solishtirganda 30 foizga oshgan.

Yuqorida nomi tilga olingan davrda Qozogʻistonga chet davlatlardan 11.1 milliard dollarlik sarmoya kirgan.

Shu doirada Turkiya Qozogʻistonga 388.7 million dollarlik sarmoya kiritgan. Bu orqali oʻtgan yilga nisbatan Turkiyaning Qozogʻistonga kiritgan sarmoyasi 79.9 foizga oʻsgan va Turkiya Amerika Qoʻshma Shtatlari va Shveytsariyadan keyin Qozogʻistondagi investitsiyalarni eng koʻp orttirgan uchinchi davlatga aylangan.   


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Qozogʻiston , #investitsiya

Aloqador xabarlar