Turkiya joriy yilda qiymati 41 mln 642 ming dollarga teng qulupnay eksport qildi

Joriy yilda eng ko’p qulupnay eksport qilingan davlat Rossiya bo’ldi. Turkiya Rossiyaga joriy yilning yanvar-may oylari davomida qiymati 24 mln 312 ming dollarga teng qulupnay eksport qildi.

1653305
Turkiya joriy yilda qiymati 41 mln 642 ming dollarga teng qulupnay eksport qildi

 

Turkiya joriy yilning dastlabki 5 oyida (yanvar-may) qiymati 41 mln 642 ming dollarga teng qulupnay eksport qildi.

Bu 2020 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 135 foiz ko‘p demakdir.

Egey eksportchilar ittifoqi ma’lumotiga ko’ra, o’tgan yili Turkiyadan 33 davlatga qiymati  24 mln 590 ming dollarga teng bo’lgan qulupnay eksport qilindi.

Joriy yilda eng ko’p qulupnay eksport qilingan davlat Rossiya bo’ldi.

Turkiya Rossiyaga joriy yilning yanvar-may oylari davomida qiymati 24 mln 312 ming dollarga teng qulupnay eksport qildi.

Shuningdek, Ruminiyaga 8 mln 318 ming dollarlik, Iroqqa esa 5 mln 520 ming dollarlik qulupnay eksport qilindi.


Tanlangan kalimalar: #qulupnay , #Rossiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar