Katta yettilikning tashqi ishlar vazirlari Londonda yig‘ilish o‘tkazmoqda

Katta yettilikning tashqi ishlar vazirlari Covid - 19 pandemiyasidan beri birinchi marotaba yuzma - yuz yig‘ilish o‘tkazmoqda.

1633732
Katta yettilikning tashqi ishlar vazirlari Londonda yig‘ilish o‘tkazmoqda

Dunyoning rivojlangan yetti davlati bilan Yevropa ittifoqini uchrashtirgan tashqi ishlar vazirlari ishtirokidagi G - 7 yig‘ilishi, Britaniya mezbonligida poytaxt Londonda o‘z ishini boshladi.

Buyuk Britaniya, Germaniya, Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh), Fransiya, Italiya, Yaponiya va Kanada singari G - 7 davlatlarining tashqi ishlar vazirlari yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasidan beri birinchi marotaba yuzma - yuz uchrashuv uchun yig‘ilishdi.

Uchrashuvga Janubiy Koreya, Hindiston, Avstraliya va Janubiy Afrikaning tashqi ishlar vazirlari bilan hozirda Janubiy - Sharqiy Osiyo xalqlari assotsiatsiyasiga (ASEAN) rahbarlik qilayotgan Bruney Sultonligi esa mehmon sifatida taklif qilindi.

Britaniyaning janubiy - g‘arbiy qismida o‘rin olgan Kornuoll shahrida 11 - 13 iyun kunlari o‘tkaziladigan G - 7 davlatlarining rahbarlari sammitiga tayyorgarlik sifatida ko‘rilgan ushbu uchrashuv 2 kun davom etadi.

Uchrashuvda iqlim o‘zgarishi, Eron bilan yadroviy muzokaralar, Suriyada davom etayotgan urush, Myanmadagi harbiy to‘ntarish, Covid - 19 pandemiyasi, Rossiya va Xitoy masalalarining muhokama qilinishi kutilmoqda.



Aloqador xabarlar