Turkiya o‘tgan yili 266 million dollarlik quritilgan o‘rik eskport qildi

Turkiya o‘tgan yili dunyoning 100 davlatiga 266 million dollarlik quritilgan o‘rik eskport qildi.

1560445
Turkiya o‘tgan yili 266 million dollarlik quritilgan o‘rik eskport qildi

Turkiyadan o‘tgan yili dunyoning 100 davlatiga 266 million dollarlik quritilgan o‘rik eskport qilindi.

Dunyo miqyosida quritilgan o‘rik ishlab chiqarish tarmog‘ining muhim qismi olib borilgan Turkiyaning Malatiya viloyatida o‘tgan yili dunyoning 100 davlatiga 90 ming 317 tonna quritilgan o‘rik sotilidi va undan 266 million 202 ming dollar daromad qo‘lga kiritildi.

Malatiya Tovar birjasi rahbari Ramazan O‘zjan, yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasiga qaramay quritilgan o‘rik eksportini a’lo natija bilan tamomlaganliklarini qayd etdi.

O‘zjan bu haqida,

“O‘tgan yili 90 ming 317 tonna quritilgan o‘rik eksport qilib natijada 266 million 202 ming dollar daromad qo‘lga kiritildi”. - dedi.

Ramazan O‘zjan o‘tgan yili dunyoning 100 davlatiga quritilgan o‘rik sotilganini va tashqi savdoda Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan Yevropa davlatlarining birinchi qatorda o‘rin olganini qayd etdi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Malatiya , #eksport , #quritilgan o‘rik

Aloqador xabarlar